FNQIZ SIYOSATI

FNQIZ SIYOSATI

FNQIZning sifat, salomatlikni muhofazalash, xavfsizlikni ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va energomenejment sohasidagi siyosati

FNQIZning sifat, salomatlikni muhofazalash, xavfsizlikni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish va energomenejment sohasidagi SIYOSATI

 

“Fargʻona NQIZ” masʼuliyati cheklangan jamiyati Markaziy Osiyo mintaqasidagi neftni qayta ishlash va neft mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha eng yirik korxonalardan biridir.

Korxona missiyasi - isteʼmolchilar talablariga javob beruvchi raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish, davlat, jamiyat va boshqa manfaatdor tomonlar ravnaqi yoʻlida ishlab chiqarishning kelgusidagi rivoji uchun barqaror foyda olish.

Tashkilotning yaqin kelajakdagi maqsadi – Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida neft va gaz sohasida yetakchi mavqega ega, yuqori samarador, raqobatbardosh korxonaga aylanish.

Bizning qadriyatlar:

1) Xom-ashyo yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlar:

- Xom ashyo va tovar moddiy boyliklari taʼminotining sifatini, barqarorligini, bir maromdaligini va energosamaradorligini taʼminlash maqsadida yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro manfaatli aloqada boʻlish.

- Xom ashyo manbalarini izlash va kengaytirish, shu jumladan tolling asosidagi xaridlar hisobidan.

2)  Isteʼmolchi talablari asosida faoliyat olib borish:

- isteʼmolchi ehtiyojini oldindan koʻra bilib, neft mahsulotlari turlari va sifati boʻyicha isteʼmol bozorini oʻrganish va tahlil qilish yoʻli bilan, shuningdek texnologik jarayonlar va uskunalarni zamonaviylashtirish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish hisobidan isteʼmolchilar talabining qondirilish darajasini doimiy oshirib borish;

- sotuvdan keyingi kafolat muddati davomida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning isteʼmolchilar va atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish;

3) Davlat va jamiyat farovonligini oshirish va rivojlantirishda faol ishtirok etish:

- hukumat va nazorat idoralarining mahsulot sifatini taʼminlash, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish, ishlab chiqarishning energosamaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish boʻyicha qonun va qonunosti hujjatlarini soʻzsiz bajarish;

- davlat va tarmoq dasturlarini bajarishda faol ishtirok etish;

- jamiyat farovonligini oshirishga va rivojlantirishga koʻmak berish;

4) Ishchi-xodim - bosh qadriyatimiz:

- xodimlar malakasi va mehnatga boʻlgan ishtiyoqini doimiy oshirib borish;

- ishchi-xodimlarning qonun, meʼyoriy va boshqa talablarni bajarishga boʻlgan javobgarligini oshirish.

5) Mehnat sharoitlari va xavfsizlik:

- mehnat muhofazasi talablari bajarilishi ustidan nazoratni tashkillash va ishchi-xodimlarni himoya vositalar bilan taʼminlash;

- ishchi-xodimlarni kasb boʻyicha tanlash va oʻqitish;

- zavod infrastrukturasini yanada yaxshilash;

- kasallanish va jarohatlanish koʻrsatkichlarini kamaytirish.

6) Atrof – muhit toʻgʻrisida qaygʻurish:

- maʼnaviy eskirgan uskuna jihozlarni, texnologik jarayon va foydalanilayotgan materiallarni yangilash yoʻli bilan atrof muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish;

- ekologik xavfsiz mahsulot ishlab chiqarish;

- tabiiy va yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish;

7) Doimiy yaxshilanish:

- sifat menejmenti tizimi va menedjmentning integrallashgan tizimini natijaviyligini doimiy oshirib borish;

- mavjud nomuvofiqliklarni oʻz vaqtida va samarali bartaraf etish maqsadida mahsulot sifati, ishchi-xodimlar salomatligi, mehnat sharoitlari, texnika xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish va energetik koʻrsatkichlarni doimiy monitoring qilish.

Ushbu siyosatda qoʻyilgan vazifalarga erishish uchun FNQIZ rahbariyati quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

- Yuqorida taʼkidlangan sifat, salomatlikni muhofazalash, xavfsizlikni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish va energomenejment sohasidagi ushbu siyosatning barcha shartlarini bajarish;

- Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi salomatlikni muhofazalash, mehnat xavfsizligini taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish, shuningdek energosamaradorlik va barcha energiya turlaridan oqilona foydalanishga aloqador boʻlgan qonuniy, meʼyoriy va boshqa talablar bajarilishini taʼminlash;

- sifat menejment tizimi, integrallashgan menejment tizimi va energomenejment tizimi samaradorligini ISO 9001, AS 9100, OHSAS 18001, ISO 14001, va ISO 50001 xalqaro standartlari talablari asosida doimiy oshirib borish;

- chiqindi va tashlanmalar boʻyicha oʻrnatilgan meʼyorlarga amal qilishni nazorat qilish, shuningdek, ishlab chiqarish tashlanmalari bilan toʻgʻri munosabatda boʻlish va energomanbalardan oqilona foydalanish tizimini takomillashtirish;

- ish joylarida mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa, ishlab chiqarish jarohatlari va avariyalarni oldini olish uchun samara beradigan usul va vositalarni tadbiq qilish;

- sifat menejmenti, salomatlikni muhofazalash, mehnat xavfsizligini taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish va energomenejment masalalari boʻyicha barcha manfaatdor tomonlar bilan ochiq muloqotda boʻlish;

- ishlab chiqarish jarayonlari va korxona boʻlinmalarining energetik koʻrsatkichlarini doimiy yaxshilab borish;

- sifat, salomatlikni muhofazalash, xavfsizlikni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish va energomenejment sohasidagi maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur axborot va resurslarni taʼminlash.

 

FNQIZ direktori:                                                               R.S.Abdukarimov