"Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ va "AndijonPetro" qo’shma korxonasi rahbarlari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv to'g'risida

  

   Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi hududida 2020 yil 26 iyun kuni "AndijonPetro" QK ("Rossiya Zarubejneft" AJ va "O'zbekneftegaz" AJ  bilan hamkorlikda Xartum, Sharqiy Xartum va Janubiy Olamushuk konlarida neft qazib olishni ko'paytirish loyihasini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan) rahbariyati o'rtasida ish yuzasidan  uchrashuv bo'lib o'tdi.

   Muzokaralar chog'ida "Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ direktori Latipov X.X. va "AndijonPetro" qo'shma korxonasining bosh direktori Syromyatkin N.I. o'rtasida hamkorlikning kelgusidagi istiqbollari muhokama qilindi.

   Uchrashuv yakunida  har ikkala tomon o’ratsida O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti manfaatlariga xizmat qiluvchi uzoq muddatli hamkorlik kelishuviga  erishildi.

                                                           

 "Farg'ona NQIZ" MChJ matbuot xizmati


Нашр этиш