"Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ xodimlari Respublika bo’ylab yirik obyektlar qurilishida ishtirok etmoqda.

 

   O'zbekiston Respublikasining neft va gaz sanoatini rivojlantirish maqsadida, "Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ mutaxassislari Samarqand, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan qurilish obyektlarida  qurilish-montaj hamda ishga tushirish-sozlash ishlarida ishtirok etib kelmoqda.

   2020 yil 10 iyun sanasidan boshlab, "Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali" obyektida qurilish-montaj ishlari yo’lga qo’yilgan bo’lib, hozirda uchish-qo’nish yo’lagini rekonstruktsiya qilish hamda samolyotlar turargohini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda.

   Loyihada Enter Engineering Pte xodimlari bilan hamkorlikda zavodning kapital qurilish bo'limidan 150 dan ortiq ishchi-hodimlar mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yong’in, gaz va elektr xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda, quyidagi qurilish ishlarini bajarmoqdalar:

- armatura va beton materiallaridan konstruktsiyalarni qurish;

- elektr tarmoqlarini yotqizish;

- montaj ishlari;

   Yangi terminal Samarqand shahridan 6 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, soatiga 600 nafar xorijiy hamda mahalliy mehmonlarni qabul qilishga mo’ljallangan.

   Aeroport modernizatsiya qilingandan so’ng bir kunda 20 dan ortiq reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan

   Samarqanddagi qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda, Andijon viloyatida “ishchilar shaharchasi” qurilishi hamda №25 sonli “Tergachi” neft konlarida ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

   Hozirgi vaqtda, 3 nafar smenalik lagerlardan qurilishga qadar yerlarni tekislash ishlarida "Farg'ona neftni qayta ishlash" MCHJ ning 14 nafar xodimi– 3 ta muhandis va 11 nafar korxona ishchilari qatnashib kelmoqda.

   Bundan tashqari, zavodning texnik-muhandis va ishchilardan 28 nafari Qashqadaryo viloyatida joylashgan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi rezervuarlarida qurilish-montaj ishlarini boshlab yuborgan.

   “Farg‘ona NQIZ” MCHJ hodimlari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, turar-joylarda kerakli jihoz va mebellar, yozgi mavsum uchun sovutgich, kuniga 3 mahal ovqat hamda ish joyiga qatnash maqsadida trsansport vositasi bilan ta’minlangan.

   Koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida, turar-joy binolari va transport vositalari dezinfeksiya qilinib, ishchilarga antiseptik vositasi hamda niqob  tarqatilishi yo’lga qo’yilgan.

 

podrobno.uz saytida o'qing


Нашр этиш