"Farg'ona NQIZ" MChJda koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash

24.07.2020 yil

“Farg’ona NQIZ” MChJ da COVID-19 virusli infeksiyasiga qarshi profilaktika choralarini kuchaytirish to’g’risida

  “Koronavirus” infeksiyasiga qarshi samarali kurashish maqsadida, “Farg’ona NQIZ” MChJ da ishlab chiqilgan dastur doirasida  zavodning odamlar gavjum bo’lgan nazorat punktlarida ishchi-xodimlarning tana haroratini doimiy ravishda o’lchab borish uchun MED03 statsionar tibbiyot teplovizori hamda avtomatlashtirilgan dezinfeksiyalovchi to’siqlar (Javel DBG-0,015%) o’rnatildi. Shuningdek, tibbiyot hodimlari tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida (pirometr harorat o’lchash vositalari, maxsus tibbiy himoya kambinzoni va dezinfeksiya suyuqligini purkash vositalari bilan ta’minlangan holda) ishchi-hodimlarning salomatligini tekshirish, haroratini o’lchash maqsadida joylarda profilaktik kuzatuv va dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.


 

  Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi sanitar shifokori N.Z Saydaxmedovaning so'zlariga ko'ra: pandemiya paytida xavfsiz ish sharoitlarini ta'minlash uchun zavod hududida bir qator profilaktik choralar ko'rilmoqda. Jumladan, zavodning barcha ishchi-hodimlariga tibbiy himoya niqoblari tarqatilishi yolga qoyilgan (qo'shimcha ravishda yana 20 ming dona tibbiy himoya niqoblari buyurtma qilingan). Har kuni avtotransport  parklari dezinfeksiya qilinib, surunkali kasalligi mavjud ishchi-xodimlarning (128 kishi) tana harorati, qon bosimi hamda pulsi olchanib borilmoqda. Bundan tashqari, tsexlar, maxsus yolovchi tashuvchi vaxta avtobuslari hamda boshqa avtotransport vositalari har smenadan keyin 0,5% li xlorli dezinfeksiyalovchi eritma bilan ishlov berilmoqda.

   Zavod hududiga kirishdan oldin ishchi-xodimlarning tana harorati tibbiy teplovizor  MED03 hamda elektron qo’l termometri orqali tekshiriladi. Hodimning sog’ligida o’zgarishlar kuzatilmagandan keyingina kirishga ruxsat beriladi

 
 
    Bugungi kunga qadar tana harorati ko’tarilgan bemorlar aniqlanmadi. Harorati ko’tarilgan bemor aniqlansa, bemor to sabab aniqlangunga qadar izolyatsiya xonasiga olib kiriladi. Shaharning  tez tibbiy yordam ko’rsatish bo’limi chaqirilib, tekshiruv uchun yuboriladi. Bemor turgan hudud va joylar to’liq dezinfeksiya qilinib, 1 soat vaqt davomida hududga hech kim qo’yilmaydi.

    “COVID-19” infeksiyasi hamda uning tarqalishini oldini olish bo’yicha zavodning barcha tsexlari orasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

    Aziz yurtdoshlar! Hozirgi pandemiya davrida karantin qoidalariga to’liq amal qilishingizni so’raymiz. Koronavirus infeksiyasini yuqtirishdan o’zingiz va atrofdagilarni asrang!

 

 

“Farg’ona NQIZ” matbuot xizmati


06.04.2020 yil

"Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi"da kasallikni oldindan aniqlash uchun zamonaviy haroratni o'lchash moslamasi o'rnatildi
 

 

   Jahonda koronavirus pandemiyasi va O'zbekistonda birinchi marotaba COVID-19 kasalligi ushbu virusning respublikada tarqalishining oldini olish uchun maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqildi. O'zbekiston hukumati tibbiy va sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining yordami bilan vaziyatni nazoratga olib, doimiy monitoring olib bormoqda.

   Ma'lumki, kasallikning muhim belgilaridan biri bu tana haroratining ko'tarilishidir. Bir odamning haroratini o'lchash juda oson tuyuldi. Ammo yuzlab yoki minglab odamlar tekshirilishi kerak bo'lib vaqt oz bo'lsa-chi? Bunday holatda yuqori haroratni aniqlash uchun yuqori sezgir termal tasvirchi yordamga keladi.

   Teplovizor (Issiqlik o'lchagich) - bu 0,1°C va undan yuqori aniqlikdagi narsalarning termal (infraqizil) nurlanishini ko'rishga imkon beruvchi maxsus o'lchash moslamasidir. Tashqi ko'rinishi oddiy kameraga o'xshaydi, ammo qurilma jihatidan ancha murakkab. Termal tasavvur vositasidan foydalanib, siz ko'plab odamlarning tana haroratini tez va aniq aniqlashingiz mumkin bo’ladi.

 

      Bugungi kunda Farg'ona neftni qayta ishlash zavodida "issiqlik moslamasi" ishchilarining zavod hududiga kirish joyida o'rnatilgan bo'lib, yuqori haroratda bo’lganlarni o'z vaqtida aniqlash, zavodga kirib kelishini oldini olish va o’z vaqtida yordam ko’rsatish uchun o’rnatildi.


 

01.04.2020 yil

"O’zbekneftgaz": "Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi"da koronavirusga qarshi zarur choralar ko’rilmoqda (Fotoreportaj)

   

   O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infektsiyasini tarkatilishiga qarshi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi yuzasidan "O’zbekneftgaz" AJga qarashli "Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi"da zarur choralar ko’rilmoqda.

 

   "O’zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati

Batafsil

31.03.2020 yil

Koronavirus pandemiyasiga qarchi profilaktika ishlari davom etmoqda

     Zavodga kirishda, barcha xodimlar maxsus eritma bilan qo’llariga ishlov beriladi, niqoblari mavjudligi tekshiriladi. Niqobi  bo'lmaganlar uchun maxsus ajratilgan joyda bepul olishlari mumkin.

     Barcha xonalarda dezinfektsiya ishlari olib borilmoqda, eshik tutqichlari muntazam ravishda ishlov berilib pollar maxsus xlorli eritma bilan tozalanmoqda.

  

     Har kuni zavod avtobuslari ishchilarni shahar bo'ylab uylariga olib borib, olib keladi. Transport vositalarini virusli infektsiyalardan himoya qilish maqsadida har bir transport vositasi kunda tozalanib chiqilmoqda.

26.03.2020 yil

"Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJda koronavirus infektsiyasidan himoya qilish choralari

        O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14/1-234-sonli buyrug'i, "O'zbekneftegaz" AK-ning 92-sonli buyrug'i, "Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ direktorining 210-va 217-sonli buyruqlari asosida ishlab chiqarilgan koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun harakatlar strategiyasi asosida zavod hududida mazkur choralar ko'rilmoqda.