2020 yilning 29 dekabr  kuni muxtaram prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini  “Farg'ona NQIZ” MChJ ni  zavod xodimlariga yetkazildi.   

 

2020 yilning 29 dekabr kuni muxtaram prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi”o'qib eshittirildi. 2017 yildan buyon an'anaga aylangan bu tadbir mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea bo'lib, anjumanda Oliy Majlis Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus va jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Murojaatnomada 2020 yil sarxisobi, 2021 yilda mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo'nalishlar belgilandi.


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish maqsadida 2021 yilning 15-25 yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida o'tkazilayotgan “Yangi O'zbekiston-yangicha dunyoqarash” ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot ishlari doirasida “Farg'ona NQIZ” MChJda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini zavod xodimlariga yetkazish, har bir ishchi-xizmatchida davlatimiz miqiyosida ro'y berayotgan voqealarga dahldorlik hissini shakllantirish maqsadida:

• 20.01.2021 yil kuni Farg'ona viloyati “Ma'naviyat targ'ibotchilari” markazi mutaxassisi Sh.Turdiboyev;
• 22.01.2021 yil kuni Farg'ona politexnika instituti “O'zbekiston tarixi va ijtimoiyfanlar” kafedrasi mudiri A.Kamilov, Farg'ona politexnika instituti “O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsentiI.Tuxtarov, Farg'ona politexnika instituti “Menejment” kafedra dotsentiJ.Kambarov,Farg'ona politexnika instituti “Menejment” kafedra mudiriM.Payazov,Farg'ona politexnika instituti “O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o'qituvchisi A.Umirzakovlar taklif etildi.

Professor domla va mutaxassislar tomonidan Murojaatnomaga atroflicha sharh berilib, undagi asosiy ustuvor yo'nalishlarga alohida to'xtalib o'tildi.

 

 

“Farg'ona NQIZ” matbuot xizmati


Нашр этиш   E-mail