Joriy yilning 27 yanvar kuni Fargʼona neftni qayta ishlash zavodiga ISO 50001 xalqaro standarti asosida energiyani boshqarish tizimi sertifikati topshirildi.

"CERT-MANAGEMENT" kompaniyasi vakillari ISO 50001:2018 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini taqdim etish uchun zavodga tashrif buyurishdi. Sertifikat 2020 yilning may oyida oʼtkazilgan rektifikatsiya auditi natijalari asosida topshirildi. Sertifikatning taqdimoti FNQIZning majlislar zalida tantanali muhitda boʼlib oʼtdi.

Аuditorlik kompaniyasi vakillari oʼz chiqishlarida energiyani boshqarish tizimi faoliyatidagi ijobiy jihatlari, zavod xodimlarining yuqori darajadagi malakasi, korxonaning energiya samaradorligini taʼminlash va energiya resurslaridan oqilona foydalanishini berganini qayd etdilar.

Tadbir soʼngida FNQIZ texnik oʼrinbosari А.V Mыltsыn soʼzga chiqib energiya boshqarish sohasida amalga oshirilgan ishlar uchun zavodning barcha xodimlari va hamkorlarimizga yanada muvaffaqiyatlar tiladi, shuningdek FNQIZning 62 yilligi bilan zavod ishchilarini tabrikladi.

 

“Farg'ona NQIZ” matbuot xizmati


Нашр этиш   E-mail