Farg'ona neftni qayta ishlash zavodining "faxriylar kengashi" tomonidan 2020-yilda olib borilgan ishlar, hamda 2021 yilda o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifasi yuzasidan xisobot yeg'ilishi bo'lib o'tdi.

Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi tomonidan faxrilarni korxona tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ularga jamoaning ijtimoiy-siyosiy hayotida to'la huquqli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek yosh avlodni halqimizning ko'p asrlik an'analarni xurmat qilish ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirish maqsadida bir qator a'maliy tadbirlar oshirilmoqda.

Zavod raxbariyati tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan 2021 yil 29-yanvar kuni Farg'ona neftni qayta ishlash zavodining "faxriylar kengashi" tomonidan 2020-yilda olib borilgan ishlar, hamda 2021 yilda o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifasi yuzasidan faxriylar kengashi raisi M.A.Xusanova xisobat berdi. Ma'lumot o'rnida shuni ta'kidlash joizki Farg'ona neftni qayta ishlash zavodining "faxriylar kengashi" ro'yxatida jami 2 783 ta faxriy ro'yxatda turadillar. Xisobot davomida faxriylarga Fnqizning 62-yillik tavvalud ayomiga bag'ishlangan videorolik ko'rsatildi.

Quvonarli tomoni shunda-ki xisobot yeg'ilishidan so'ngn "faxriylar kengashi" a'zolariga zavodning 2-sektoriga mahsus avtomobillarda ekskursiya o'tkazildi. Ekskursiyadan so'ng ko'rkam va bayramona dasturxon atrofida mexmon bo'ldillar. Xayrlashuv chog'ida Faxrillar jamoasi zavod raxbariyati bilan birgalikda esdalik suratlarga tushishdi.

 

“Farg'ona NQIZ” matbuot xizmati


Нашр этиш   E-mail