Fargʼona NQIZ da modernizatsiya ishlari jadal davom etmoqda.

Maʼlumki, dunyo bozorida munosib oʼrin egallashning yagona yoʼli bu – yuqori sifatli raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdir. Hozirgi kunda yurtimizda milliy mahsulotlarimizning ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali, ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlashdek muhim va dolzarb masalaning yechimiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi yirik ishlab chiqarish majmuasi boʼlib, mintaqada yoqilgʼi-moylash materiallarini ishlab chiqarish boʼyicha yetakchi korhonalardan biri hisoblanadi.

Zavodda modernizatsiya loyihasi amalga oshirish ishlari doirasida bugunga qadar Frantsiyaning “Axens” hamda Buyuk Britaniyaning “AFW-WOOD” kompaniyalari bilan hamkorlikda qurilishi rejalashtirilgan yangi texnologik qurilmalarning (PDP/FEED) asos loyihalarini ishlab chiqish ishlari yakunlandi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi (TIА) ishlab chiqildi va Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga tegishli xulosa olish uchun kiritildi. Hozirda zavodning mavjud texnologik qurilmalarini rekonstruktsiya qilish va yangi texnologik qurilmalarni qurish uchun bosh pudratchini hamda ishchi loyihasini ishlab chiqish uchun muhandislik kompaniyalarini jalb qilish boʼyicha muzokaralar olib borilmoqda. Bundan tashqari, “Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJda ekspluatatsion harajatlarni optimallashtirish hamda neft mahsulotlari tannarxini kamaytirish boʼyicha alohida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

"Farg'ona NQIZ" MChJ matbuot xizmati


Нашр этиш   E-mail