“Fargʼona NQIZ” MChJ axboroti

Zavod ishchi-xodimlari oʼrtasida va ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yil 22 oktabr kuni soat 23:00 larda 13-tsex haydovchisi Xaydovchi Аvdazov Umid Nazirovich boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli, davlat raqami 40 432 OАА boʼlgan avtobus bilan bogʼliq yoʼl-transport hodisasi boʼyicha turli gap-soʼzlar, yolgʼon xabarlar tarqaldi.

Mazkur baxtsiz voqea yuzasidan “Fargʼona NQIZ” MChJ maʼlum qiladiki, haqiqatаn ham 2021 yil 22 oktabr kuni soat 23:00 larda zavod tasarrufidagi “Isuzu” rusumli, davlat raqami 40 432 OАА boʼlgan avtobus bilan bogʼliq yoʼl-transport hodisasi sodir boʼldi. Mazkur voqea zavod rahbariyati, tegishli boʼlim boshliqlari, soha mutaxassislari, texniklardan iborat maxsus komissiya ishtirokida toʼliq oʼrganilib chiqildi. Oʼrganish jarayoni maʼlum vaqt talab qilgani uchun ushbu yoʼl-transport hodisasi boʼyicha maʼlumot berilmadi.

  Bugun ekspertlardan olingan xulosa boʼyicha maʼlum qilinadiki, 2021 yil 22 oktabr kuni 13-tsex haydovchisi Аvdazov Umid Nazirovich soat 20.00 larda zavodda belgilangan qatʼiy tartibga koʼra, 13-tsex nozimidan yoʼl varaqasini olib, tibbiy koʼrikdan oʼtgan. Soʼngra shu tsexga qarashli 2007 yilda ishlab chiqarilgan “Isuzu” rusumli, davlat raqami 40 432 OАА boʼlgan avtobusni qabul qilib olgan.

Haydovsi avtobusning texnik sozligi navbatchi mexanikdan oʼtkazgan. Reja jadvalga asosan Turvat yoʼnalishida vaxta ishchilarini zavod hududigacha olib kelgan. Lekin soat taxminan 23-00 larda Sanoat koʼchasidagi svetofor oldida toʼxtagan vaqtida avtobusning oldi torpeda va dvigatel qismi ichidan elektr simlaridan qisqa tutashuv oqibatida yongʼin chiqqan. Shundan soʼng haydovchi Аvdazov Umid avtobus ichida boʼlgan ishchilarni tezlik bilan avtobusdan tushirib, yongʼinni bartaraf qilishga kirishgan. Yongʼin oʼz vaqtida oʼchirilgani uchun hech kim tan jarohati olmadi. Baxtsiz hodisa oqibatida avtobusning ichki qismi oʼrindiqlari va obshivkalari yonib ketgan.

Yana maʼlumot uchun shuni taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtotransport vositasi roʼyxatdan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 116–sonli qarori asosida “Fargʼona NQIZ” MChJga qarashli boʼlgan transport vositalarining eski namunadagi texnik pasportlarini yangi namunadagi texnik pasportlarga almashtirilgan, Barcha soz holatda ishlab turgan transport vositalari Fargʼona viloyat IIB YHXB mutaxassislari tomonidan joriy yilning 21 oktabr kuni texnik koʼrikdan o‘tkazilgan. Shu jumladan, “Isuzu” rusumli, davlat raqami 40 432 OАА boʼlgan avtobusda hech qanday nosozliklar aniqlanmagan. Haydovchi Аvdazov Umid Nazirovich 1978 yilda tugʼilgan, oilali 3 nafar farzandi bor, U VSD toifaga ega tajribali haydovchi. 19 yildan buyon zavodda ishlab keladi.
Mazkur hodisa transport vositasining harakatlanib borishi vaqtida dvigatel qismi ichidagi elektr simlarining qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi sababli uni qasddan yoki boshqa xatti harakatlar orqali sodir etganlik qabilida talqin qilish haqiqatdan yiroq.


Нашр этиш