“Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ da “Obod mahalla” hayriya xashari davom etmoqda

        Bir necha oydan buyon «Farg‘ona NQIZ» MChJ tomonidan davom etib kelayotgan «Obod maxalla» hayriya xashari navbati endilikda Farg‘ona shahrining «Beshbola» mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY) hududiga yetib keldi.

           Xasharda zavodning 32-tsex ishchi-xodimlari tomonidan Farg‘ona-Quva yo‘nalishi, «Beshbola» MFY hududidagi Quva ko‘chasiga kirish qismida joylashgan baner ostidagi 480 m² beton qiyalik ta’mirlanib, rangli bo‘yoqlar bilan ishlov berildi.
        E’tirof etish joizki 32-sex ishchi-xodimlari bunyodkorlik va obodonchilik ishlarini olib borganliklari uchun, «Beshbola» maxalla fuqarolar yig‘ini faollari «Farg‘ona NQIZ» MChJ rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

   

 

“Farg’ona NQIZ" MChJ matbuot xizmati

 

Нашр этиш