“Fargʼona NQIZ” MChJda Fargʼona Politexnika instituti professor-oʼqituvchilari bilan uchrashuv, xamda “INHА” universiteti vakili bilan onlayn konferentsiya boʼlib oʼtdi.

“Fargʼona NQIZ” muzokaralar zalida Fargʼona politexnika instituti professor-oʼqituvchilari Rasul Jumaboevich Tojiev, Hamidullo Mansurovich Sadullaev, Saodat Rahmetjanovna Mirsalimova va prorektor Jamolddin Hikmatillaevich Qambarovlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda “Yoshlar uchinchi Renessans yoʼlida” mavzusida koʼrik-tanlov oʼtkazish, shuningdek, institutning oʼquv dasturlari maqsadi, nazariy tayyorgarlik va amaliyotga yoʼnaltirilgan taʼlimni uygʼunlashtirish, eng yangi texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashtirilgan fanlarni chuqur oʼrganish, zavodning real ehtiyojlariga eʼtibor qaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki tomonlama xamkorlikning yaqqol samarasi, yaʼniy bir tomondan korxona yuqori malakali mutaxassislarga ega boʼlishi, ikkinchi tomondan oliy oʼquv yurtida kadrlar tayyorlash darajasi koʼtarilib, texnik bazasi yangilanishi haqida soʼz yuritildi.

Universitet vakillari real ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni ishlab chiqish maqsadida, soʼngi yillarda zavodda joriy etilayotgan texnologiyalar bilan tanishish maqsadida korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan amaliy tanishuv oʼtkazish taklif etishdi. Xamkorlik ishlar davom etmoqda.

Shuningdek, ZOOM elektron platformasi orqali “INHА” universiteti vakili Davlatov Z. va korxona mutaxassislari Sukonkin M.Y., Qodirov K.А., Fayzullaev Sh.I., Shodmonova N.M., Iminov I, Egamnazarova U.Sh. va Rybchanovskiy M.N. lar bilan onlayn uchrashuv oʼtkazildi.

Uchrashuv davomida talabalarni SAP va 1C dasturlash, kiberxavfsizlik va boshqalar yoʼnalishlari boʼyicha kadrlar tayyorlashga oid masalalar muhokama qilindi. “INHА” universiteti talabalarni IT texnologiyalari va logistika yoʼnalishi boʼyicha tayyorlaydi. Shuningdek yegʼilishda universitet vakillarini tashkilanayotgan “Yoshlar uchinchi Renessans yoʼlida” tanlovida ishtirok etishiga oid savollar muhokama qilindi.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш