"SAP HCM asosida asosiy HR jarayonlarini avtomatlashtirish" loyihasi bo’yicha majlis o’tkazildi.

Biznesni o'zgartirish jarayonlari va boshqaruv konsepsiyalarini ishlab chiqish bevosita nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish va qurish tamoyillari va usullari tizimiga - metodologiyaga bog'liq.

20.04.2022 “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, uning doirasida “SAP HCM asosida kadrlar bo‘yicha asosiy jarayonlarni avtomatlashtirish” loyihasi bo‘yicha uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha ma’ruza taqdim etildi. 

Pudratchi "LeverX International" (Belarus) kompaniyasising mutaxassislari yig'ilish a'zolariga 2.1-bosqich kontseptual dizayn loyihasi doirasida ishlab chiqilgan materiallarini taqdim etdilar.

      (Suratda yig'ilish ma'ruzachisi LeverX kompaniyasining metodisti Morenova S.A.)

 

   SAP HCM loyihasini amalga oshirish jarayonida FNQIZ uchun asosiy quyidagi uslubiy hujjatlar ishlab chiqilgan: - Xodimlarning mehnatiga haqini to'lash va rag'batlantirish to'g'risidagi Nizom - xodimlarning ish haqini to'lash shartlari va mexanizmlarini belgilovchi, ish haqining doimiy va o'zgaruvchan qismlarining tizimlari va mexanizmlarini tavsiflovchi hujjat. -Ish vaqtini hisobga olish to'g'risidagi Nizom - ish vaqtidan foydalanishni rejalashtirish, tashkil etish va hisobga olish, mehnat intizomining buzilishini hisobga olish,va xodimlarni tabel hisobini yuritish va bo'yicha hujjat.

Qo'shimcha uslubiy hujjatlar:

-Ichki mehnat qoidalari.

-Xizmat safarlarini rasmiylashtirish va ularni amalga oshirish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash bo'yicha ko'rsatmalar.

Xodimlarning mehnatiga haq to'lash va rag'batlantirish to'g'risidagi nizom tashkilot faoliyatining ishlab chiqarish va iqtisodiy natijalarini yaxshilashda xodimlarning moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Bu xodimning ish haqi va uning shaxsiy mehnat hissasi va umuman tashkilot faoliyatining yakuniy natijalari o'rtasidagi bog'liqlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Xodimlarga haq to'lash va rag'batlantirish to'g'risidagi nizomni ishlab chiqishda quyidagi asosiy tamoyillardan foydalanilgan:

-    teng ish uchun teng haq;
-    haq to'lashda kamsitishlarga yo'l qo'ymaslik;
-    barcha toifadagi xodimlarning daromadlarini oshirish imkoniyatlarini yaratish. Ish vaqtini hisobga olish to'g'risidagi nizomning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
-    Har bir xodimning amalda ishlagan ish vaqtini hisobga olish sifatini oshirish
-    Haqiqiy ishlagan soatlar uchun haq to'lashning to'g'riligini oshirish.

Xodimlar ish vaqti tashkilot uchun juda muhim manbadir.Vaqtni hisobga olish - bu ish vaqtida xodimlarni nazorat qilish va qayd yetish , ularning mahsuldorligini va butun tashkilotning samaradorligini baholash tizimi.

LeverX mutaxassislari FNQIZ da ish jarayonlarini yaxshilash va eng ulug'vor maqsadlarga erishishni chin dildan tilaydi.


Нашр этиш