MUROJAT TO'G'RISIDA NIZOM

MUROJAT TO'G'RISIDA NIZOM

  • Fuqarolarning murojaatlari og'zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning og'zaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega.
  • Fuqarolarning murojaatlari yakka tartibda yoki jamoa tomonidan berilishi mumkin.
  • Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat ko'rinishida bo'lishi mumkin.
  • Ariza fuqarolarning o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarishda yordam ko'rsatish to'g'risidagi iltimosi bayon etilgan murojaatidir.
  • Taklif fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini o'z ichiga olgan murojaatidir.
  • Shikoyat fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to'g'risidagi talabi bayon etilgan murojaatidir.
  • O'zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega
  • Fuqarolarning murojaat ztish huquqidan foydalanishlari boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur etkazmasligi kerak.
  • Xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.
  • Fuqarolar tomonidan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga murojaat etish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi.
  • Fuqarolarning murojaatlari, agar qonunlarda ularni ko'rib chiqishning boshqacha tartibi belgilangan bo'lsa, ushbu Qonunga muvofiq ko'rib chiqilmaydi.

    Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi "Fuqarolar murojaatlari to'g'risida"gi № 446-11 - sonli Qonuni asosida olib boriladi. Fuqarolarning murojaatlari og'zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning og'zaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega. Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ariza fuqarolarning o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarishda yordam ko'rsatish to'g'risidagi iltimosi bayon etilgan murojaatidir.

    Taklif fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini o'z ichiga olgan murojaatidir. Shikoyat fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to'g'risidagi talabi bayon etilgan murojaatidir.

    Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan, ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo'lishi kerak. Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo'lishi lozim. Murojaatga shaxsiy imzo qo'yish imkoni bo'lmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qo'yiladi. Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoki u haqda soxta ma'lumotlar ko'rsatilgan, shuningdek imzo qo'yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi. Fuqaro ariza, taklif va shikoyatni shaxsan berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o'z vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli. Ariza, taklif va shikoyatga ular yuzasidan ilgari qabul qilingan, fuqarodagi mavjud qarorlar (yoki ularning nusxalari), shuningdek ariza, taklif va shikoyatni ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin.

Fuqarolarning shikoyatlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish O'zbekiston Respublikasining 13.12.2002 dagi "Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida"gi 446-IIsonli qonuniga va "FNQIZ" SHUKning 25.12.2013 dagi 01/39-sonli buyrug'iga asosan web-saytga kelgan (tushgan) fuqarolarning elektron shakldagi murojaatlarini qabul qilish va ishlab chiqish bo'yicha ma'sul kotibiyat bo'limi boshlig'i:
Xasanova Оygul Хolmatovna
. Tel: (73) 241-05-62

SAVOL BERING

* Barcha katakchalar to'ldirilishi shart.