ISO 9001: 2015, ISO 14001: 2015; ISO 45001: 2018; ISO 50001: 2018 xalqaro standartlariga muvofiq o‘tkazilgan qayta sertifikatlashtirish auditi natijalari to‘g‘risida "Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi" MCHJda.

2021 yil 7 iyundan 11 iyungacha FNQIZ direktorining 01.06.2021 yildagi 464-sonli buyrug‘i

2021 yil 7 iyundan 11 iyungacha FNQIZ direktorining 01.06.2021 yildagi 464-sonli buyrug‘i asosida korxonada SMT va IMTlarni ISO 9001: 2015; ISO 14001: 2015; ISO 45001: 2018 xalqaro standartlariga muvofiqligi qayta sertifikatlashtirish auditi, shuningdek ISO 50001: 2018 xalqaro standartiga muvofiqligi bo‘yicha 1 -kuzatuv auditi o‘tkazildi. Xizmatlarni xususan "SERT INTERNATIONAL" sertifikatlashtirish organining auditorlar guruhi ko‘rsatdi: "SERT INTERNATIONAL " bosh auditorlari Kudyakov I.I., Beresnev V.V., Abdusattarova S.P., xamda yetakchi auditorlar Biryukova A.N., Mamadjanova N.M.

Audit davomida muxim axamiyatga ega bo‘lgan kamchiliklar aniqlanmadi, IMTni yaxshilash va ish holatida  saqlash bo‘yicha umumiy tavsiyalar berildi. 

"Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ audit natijalarini yakunlagandan so‘ng, IMT ISO 9001: 2015;  ISO 14001:2015; ISO 45001:2018 xalqaro standartlari talablariga muvofiqligini tasdiqladi va qayta sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Natijada, sertifikatlashtirish organi "SERT INTERNATIONAL "s.r.o. tomonidan, audit natijalariga asoslanib, 29.06.2021 y. Korxonamizga xalqaro sertifikati  berildi.

 

   FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш