Barcha Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi ishchi-xodimlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil  6 sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PF-5812-son farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg‘ona neft va gaz sanoati kolledjiga 2021-2022 o‘quv yillari uchun joriy yilning 10-avgustidan 10-sentabriga qadar davlat granti va to‘lov kontrakti asosida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda Farg‘ona neft va gaz sanoati kolledji direktorining murojaati asosida korxonamizda ishlovchi barcha xodimlar diqqatiga! O‘qish istagida bo‘lgan, maxsus diplomga ega bo‘lmagan nomutaxassis xodimlar  belgilangan sanalarda Farg‘ona neft va gaz sanoati kolledji ma’muriyatiga xujjat topshirish uchun murojaat qilishlari mumkin.  

Shuningdek muqqaddam kasb-xunar kolledji, maktablari yeki akademik litseyini bitirganlar xam 2-mutaxassislik bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin. Murojaat ilovasida o‘qish turi va yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot.

Personallar bilan ishlash bo‘limi!


Нашр этиш