O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligini nishonlash arafasida Farg‘ona NQIZ, ilk bora Yevro-5 standartidagi dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Zavodda ishlab chiqariladigan neft mahsulotlarining sifatini, jumladan motor yoqilg‘isini Yevro V sinfiga va surkov moylarini halqaro API standartining II+/III guruhi talablar darajasiga, hamda qayta ishlash chuqurligini 93% dan kam bo‘lmagan darajaga yetkazish maqsadida, korxonani modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida 2020-2023 yillarda 6 ta yangi texnologik qurilma qurilishi va 8 ta mavjud texnologik qurilmalarni rekonstruksiya qilishni ko‘zda tutuvchi investitsiya loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, ushbu investitsiya loyihasining umumiy qiymati 389,3 mln. AQSH dollari miqdorida baholangan.

Shunday qilib, loyiha doirasida shu kunga qadar 15,4 mln. AQSH dollaridan ziyod mablag‘ o‘zlashtirildi. Loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida rezervuarlar ishlab chiqarish, uglevodorod xom ashyosini quyish va to‘kish, qayta ishlash va saqlash, yarim tayyor mahsulotlar va tijorat mahsulotlarini o‘lchashni avtomatlashtirish uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha pudratchi tashkilotlar bilan umumiy qiymati 24,9 mln. AQSH dollari miqdorida shartnomalar imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligini nishonlash arafasida, zavodni modernizatsiya qilish ishlari yakunini kutmasdan, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish doirasida, FNQIZ yuqori sifatli.

Yevro-5 standartiga muvofiq dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani quvonarlidir.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 

Нашр этиш