Gullar shahri - Namanganga esda qolarli sayohat uyushtirildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan yurtdoshlarimiz besh kun dam oldilar. Zavod maʼmuriyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi hamkasblarimizning dam olish kunlarini maroqli va mazmunli oʼtkazishlariga alohida eʼtibor qaratdi.

Ezgu tashabbus bilan 2 sentabr kuni korxonada uzoq yil samarali faoliyat olib borayotgan va faol yoshlardan tashkil topgan 50 nafar ishchi-xodimlar Namangan shahrida turistik sayohatda boʼldilar.

Jonajon yurtimizning goʼzal va betakror goʼshalaridan biri, gullar shahri Namanganga ham sayohat, ham madaniy hordiq chiqarish uchun tashrif buyurgan kasbdoshlarimiz qoʼshni viloyatning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdilar. Soʼlim va bahavo Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istiroxat bogʼi, hamda yaqinda foydalanishga topshirilgan “Аfsonalar bogʼi”da boʼlib, miriqib hordiq chiqarish bilan birga, maʼnaviy oziq oldilar.

 

FNQIZ matbuot markazi

 

 


Нашр этиш