“MDH SAP S/4 HANA” yoʼnalishi boʼyicha “Fargʼona NQIZ” MChJ xodimlarini oʼqitish jarayoni boshlandi.

17.01.2022 dan 21.02.2022 gacha zavodda “SAP S/4 HANA” korporativ axborot tizimi foydalanuvchilari uchun oʼquv-jarayoni tashkil qilindi.

Qisqa vaqt ichida korxona xodimlarining salmoqli qismini tizimda ishlashga oʼrgatish rejalashtirilgan.

Trening boshlanishidan oldin asosiy foydalanuvchilar bilan tanishuv uchrashuvi tashkil etildi, unda biznes jarayonlarini avtomatlashtirish boʼyicha direktor oʼrinbosari Alshanikova N.V. yigʼilganlarni oʼquv jadvali, loyiha talablari bilan tanishtirdi, shuningdek loyiha jamoasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida hisobot taqdim etdi.

Trening “IT Professional Solutions” MChJ mutaxassislari xamda “SAPni joriy etish va qoʼllab-quvvatlash” boʼlimi jamoasi bilan birgalikda olib boriladi.

“MDH SAP S/4 HANA” yoʼnalishi asosiy foydalanuvchilarini samarali oʼqitish uchun Zavodning kutubxonasida barcha zarur jihozlar bilan jihozlangan oʼquv jarayon tashkil etildi.

Asosiy foydalanuvchilar quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha oʼqitildi:

-“NSI” boshqaruvi boʼyicha;

-texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlash boʼyicha;

-sotib olish va inventarizatsiyani boshqarish boʼyicha;

-sotish va yetkazib berishni boshqarish boʼyicha;

-ishlab chiqarish hisobi boʼyicha;

-investitsiyalarni boshqarish boʼyicha;

-boshqaruv hisobi boʼyicha;

-buxgalteriya hisobi, soliq hisobi, “MSFO” hisoboti boʼyicha;

-gʼaznachilik boʼyicha.

“SAP S/4 HANA asosida MDHni amalga oshirish” loyihasining ushbu bosqichida kadrlarni oʼqitish butun zavod samaradorligini oshirish vositalaridan biri hisoblanadi. Oʼqitilgan va tajribali xodimlar samarodorlikkni oshiradi va zavodni avtomatlashtirilishining yangi darajasiga koʼtaradi.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш