Qurbon hayiti bayrami arafasida "Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ rahbariyati kam ta'minlangan oilalarga xayriya yordami ko'rsatdi

Qurbon Hayit bayrami arafasida "Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ rahbariyati va kasaba uyushma qo'mitasining 2021 yil 14 iyuldagi 535-son buyrug'iga muvofiq faxriylar kengashi tomonidan ro'yxatga olingan 15 nafar yolg'iz nafaqaxo'rlarga, 1-guruh nogironlariga va Ulug’ Vatan urushi qatnashchilarining beva ayollariga oziq ovqat mahsulotlari tarqatildi va tabriklar yo’llandi.

Xususan, Farg'ona shahridagi "Saxovat" keksa va nogironlar maktab-internatiga shaxsiy gigiena vositalari va ventilyator, "Muruvvat" nogiron bolalar maktab-internatiga velosiped va gigiena to'plamlari, viloyat kasb-hunar kollejiga oziq-ovqat mahsulotlari, Marg'ilon shahrida joylashgan "1-sonli Mehribonlik uyi" bolalar uyiga gigiena vositalari sovg'a qilindi.

Bundan tashqari, Farg'ona shahridagi “Qirguli”, “Sovurbuloq” va “Hamkorlik” mahallalarida istiqomat qilayotgan 30 dan ortiq kam ta'minlangan oilalar va og'ir kasalligi sababli davolanayotgan 9 nafar xodimlarga moddiy yordam va ma'naviy qo'llab-quvvatlash maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

 

 

 

FNQIZ matbuot хizmati.

 


Нашр этиш