“Fargʼona NQIZ”da “Yoshlar kuni” tantanali nishonlandi

Zavod maʼmuriyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasining 2021 yil 26 iyundagi qoʼshma qaroriga asosan korxonamizda 30 iyun – “Yoshlar kuni” katta tantanalar bilan nishonlandi. 

Oʼziga xos bayram arafasida zavod yoshlari oʼrtasida “Raqamli texnologiyalar asrida yoshlarning oʼrni” shiori ostida kompyuterda matn terish, mini futbol, suzish boʼyicha sport musobaqalari oʼtkazildi, yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan yoshlar hashari tashkil etildi.

Shuningdek, zavod yoshlarining bilim va tafakkurlarini, zakovat va intellektual salohiyatlarini sinovdan oʼtkazish maqsadida ikki bosqichli koʼrik-tanlov tashkil etilib, ularning kompyuter savodxonligi sinovdan oʼtkazildi. Zavodda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy sohadagi faolligini oshirish, turli soha va tarmoqlarda oʼz qobiliyat va imkoniyatlarini roʼyobga chiqarish, bugungi keng koʼlamli islohotlarga, dolzarb muammolarga qaratilgan munosabatini shakllantirish hamda sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida esa "Neftchi malikasi-2021" anʼanaviy koʼrik-tanlovi oʼtkazildi.

30 iyun kuni zavod maʼmuriyati majlislar zalida Yoshlar kuni munosabati bilan tantanali anjuman boʼlib oʼtdi. Unda rahbar xodimlar, jamoat tashkilotlari masʼul xodimlari, faol yoshlar ishtirok etdi. Soʼzga chiqqanlar mamlakatimizning yoshlarga oid davlat siyosati hamda Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarning har tomonlama barkamol insonlar boʼlib voyaga yetishlari uchun keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilayotgani aytib oʼtildi. Shu jumladan, zavod maʼmuriyati va jamoat tashkilotlari zavod yoshlari tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlamoqda, bilim, qobiliyat va kasb sirlarini puxta oʼzlashtirishlari uchun sharoitlar yaratib bermoqda, ularga gʼamxoʼrliklar koʼrsatilyapti, ijtimoiy himoya choralari koʼrilgan.Аnjumanda oʼtkazilgan sport musobaqalari hamda koʼrik-tanlovlar gʼoliblari va sovrindorlariga, shuningdek bir guruh faol yoshlarga zavod maʼmuriyatining Faxriy yorliqlari, Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasining esdalik sovgʼalari tantanali topshirildi.

Faol yoshlarga shanba kuni Namangan shaxriga sayoxat rejalashtirilgan.

 

FNQIZ matbuot хizmati.

 

Нашр этиш