FNQIZ Farg‘ona shahrida barpo etilayotgan zamonaviy bolalar maydonchalari qurilishida faol ishtirok etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi 

PQ-2922 - sonli qarorining 2-ilovasi ijrosini ta'minlash maqsadida, ko’p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarda bolalar va sport maydonchalari tashkil etilmoqda.

Farg’ona shahar hokimligi hamda Farg’ona viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida ko’p xonadonli uy joy fondiga tutash hududlarda bolalar va sport maydonchalari tashkil etilmoqda.

Ushbu maskanlar nafaqat bolalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, balki salomatligini mustahkamlash, ularni jismonan chiniqtirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har bir maydonchada o’nga yaqin o’yin qurilmasi o’rnatilgan bo’lib, mazkur maskanlarning texnik holati, tozaligi mahalla fuqarolar yig’ini tomonidan doimiy nazorat qilinadi, shuningdek, yaroqsiz holga kelgan o’yin qurilmalari yangilanib, takomillashtirib boriladi.

Farg’ona shahrining 2021 yil rejasida belgilangan dasturga asosan “Ko’p xonadonli uylarni va issiqlik ta'minoti qurilishi bo’yicha injenering kompaniyasi” DUK tomonidan ko’p qavatli uylar oldiga 27 ta yangi bolalar maydonchalari o’rnatilib, foydalanishga topshirildi hamda joriy ta'mirga tushgan 32 ta bolalar maydonchalaridan 18 tasida ta'mirlash ishlari to’liq yakunlandi.

 

Shuningdek, Farg’ona viloyati hokimi tomonidan 100 ta, “Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” hamda “Farg’ona issiqlik elektr stantsiyasi” tomonidan 47 ta bolalar maydonchalari o’rnatildi. 

Ma'lumot o’rnida, Farg’ona shahrida 2021 yilda jami 193 ta bolalar maydonchalari to’liq foydalanishga topshirildi.

 

 

manba: fargona.uz

 


Нашр этиш