Farg'ona neftni qayta ishlash zavodining rasmiy saytiga xush kelibsiz

Sizni Markaziy Osiyo mintaqasida yoqilgʼi - moylash materiallari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri boʼlgan "Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ rasmiy saytida qutlaymiz. Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi oʼz mijozlariga zamonaviy bozorning tobora oʼsib borayotgan talablariga javob beradigan sifatli xizmatlar, mahsulotlar va yechimlar taklif etadi. Bizning doimiy hamkorlarimiz va biznesdagi yaxshi doʼstlarimiz orasida oʼzbek va jahon iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ishlaydigan kichik savdo tashkilotlari va yirik sanoat korxonalari mavjud. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 67-sonli qarori doirasida "Fargʼona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirish ishlari davom etmoqda.

Fargʼona NQIZ MChJ da yuzaga kelgan qisqa muddatli yongʼin xaqida

15.11.2021 yil kuni soat 11:07da «FNQIZ» MChJning 2-tsexiga qarashli 21-10/600-sonli texnologik qurilmasini taʼmirdan soʼng ishga tushurish vaqtida, qurilmaning N-3 nasosidan chiqish quvuriga drinaj uchun ulangan quvur yorilishi natijasida maxsulot chiqishi tufayli qisqa muddatli yongʼin sodir boʼlgan.

“Fargʼona NQIZ” MChJ axboroti

Zavod ishchi-xodimlari oʼrtasida va ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yil 22 oktabr kuni soat 23:00 larda 13-tsex haydovchisi Xaydovchi Аvdazov Umid Nazirovich boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli, davlat raqami 40 432 OАА boʼlgan avtobus bilan bogʼliq yoʼl-transport hodisasi boʼyicha turli gap-soʼzlar, yolgʼon xabarlar tarqaldi.

MAHSULOT SIFATIGA KAFOLAT BERAMIZ

“Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ bugungi kunda 60 dan ziyod turdagi neft mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda va 62 yildan buyon bozorga etkazib bermoqda. Ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar yuqori sifatli xom ashyodan qayta ishlanadi, xalqaro standartlarga javob beradi va tegishli sertifikatlarga ega. Neft mahsulotlarning sifati zavodning markazlashtirilgan akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi tomonidan nazorat qilinadi va tegishli sifat sertifikati bilan chiqariladi.

«Farg’ona NQIZ» MChJ 150106,
O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati,
Farg’ona shahar,

Sanoat ko’chasi, 240 uy

Tel: (+99873) 229-45-19
Faks: (+99873) 229-45-76
е-mail: info@fnpz.uz
Tel. ishonch: (+99899) 810-83-84,
47-17 (zavod ishchilari uchun)

FNQIZ © 2022

Barcha huquqlar muhofaza qilingan.

DIQQAT! Agar sahifalarda matnda xatolik topsangiz, uni belgilab ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga yuboring.

Система Orphus