“Fargʼona NQIZ” va OYICh ishchi-xodimldari umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdilar

Mamlakatimizning barcha hududlarida, tashkilot, korxona, muassasalarida boʼlgani kabi Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi jamoasi ham “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi

Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari "Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida oʼtdi.

Zavod ishchi-xizmatchilari erta tongdanoq korxonamiz hududi — maʼmuriy binolar, tsex va boʼlimlar, qurilma va xiyobonlar, dam olish maskanlarini tartibga keltirishga kirishdilar va saranjom-sarishtalik bilan ishlar bajarildi.

Hasharda 600 dan ziyod jamoamiz aʼzolari qatnashdilar. Ularning vijdonan yondashuvi bilan korxonada ariqlar tozalanib daraxtlarga shakl berildi, oqlanadi, qariyb 1 tonnaga yaqin maishiy va qurilish chiqindilar zavod tashqarisiga olib chiqildi. Hasharga 18 dona yengil mashina, 4 dona yuk tashuvchi vosita va 20 dona avtobus jalb etildi.

Аzaliy qadriyatlarimiz mujassam boʼlgan umumalq xayriya hasharida, ayniqsa zavodimiznig gʼayrat-shijotali yoshlari faollik koʼrsatdilar.

Shu bilan birga Oltariq YIChning xodimlaridan 200 nafardan ziyod mexnatsevar xodimlari ham umumhalq xasharida faol ishtirok etdilar. Shu kuni 1200 metr kavdrat joy tartibga keltirildi, 600 metr bardyurlar oqlandi. Ichki ariqlar tozalanib, mevali va manzarali daraxtlarga shakl berildi.

Shuningdek, 6 nafar keksa, nogiron, boquvchisini yoʼqotgan faxriylar xonadonlari tozalab berildi, obodonlashtirish ishlariga koʼmaklashildi.

 

 

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш