Fargʼona NQIZ da oʼquv seminari tashkil qilindi.

Yangiliklar UZ Курилди: 977

“Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJda Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan “JizzaKh retroleum”, “Enter engineering Pte Ltd”, “ERIELL Oilfield services middle east DMCC”, “Epsilon development company” MChJ xorijiy qoʼshma korxonalari kasaba uyushmalari qoʼmitalar raislari va mehnatni muhofaza qilish boʼyicha vakillari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar ishtirokchilari tizimidagi xorijiy korxonalarda mehnat qilayotgan xodimlar huquqini himoya qilish va ularga munosib mehnat sharoitini yaratish boʼyicha oʼzaro tajriba almashdilar.

Dastlab “Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi Rashidjon Saydaliev ishtirkchilarga zavod faoliyati haqida maʼlumot berib oʼtdi. Ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar, mehnat muhofazasi boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar, Jamoa shartnomasiga kiritilgan bandlar ijrosiga alohida toʼxtalib oʼtdi.

Darhaqiqat, zavodda, ishchi-xizmatchilarning mehnatlarini muhofaza qilish boʼyicha ish beruvchi tomonidan maxsus kiyim-bosh ajratilishi, sanitariya, maishiy sharoitlarni yaxshilash, xodimlarni issiq ovqat hamda sut mahsulotlari bilan taʼminlash, pensiyaga chiqayotgan xodimlarni ragʼbatlantirish, bola parvarishi taʼtilida boʼlgan ayollarga nafaqa toʼlash, birinchi nikoh munosabati bilan yoki taʼziya marosimlarini oʼtkazish uchun moddiy yordam berish, maʼnaviy-madaniy va sport tadbirlari uchun mablagʼ ajratilishi va boshqa qoʼshimcha imtiyozlar yaratilishi natijasida har bir xodim manfaat koʼrmoqda.

Seminarda Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnatni muhofaza qilish boʼlimi mudiri Nodira Gaibnazarovaning “Yashil” ish oʼrinlarini yaratish orqali ekologik barqaror iqtisodiyotga adolatli oʼtish boʼyicha kasaba uyushmalari strategiyasi” toʼgʼrisidagi hamda Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashining Xalqaro ishlar boʼlimi mudiri Sobirjon Egamberdievning “Xavfsizlik madaniyati” boʼyicha maʼruzalari tinglandi.

Tadbir soʼngida ishtirokchilarga sertifikat va mehnat qonunchiligiga oid kitoblar toʼplami topshirildi.

 

Пресс-служба Ферганского НПЗ

Нашр этиш