Faxriylar Qoʼqonda sayohatda boʼlishdi


«Keksalar haftaligi» munosabati bilan zavodimizning 50 nafar faxriylarining qadimiy va navqiron Qoʼqon shahriga sayohatlari uyushtirildi.

Qoʼqonliklar Fargʼonalik nuroniy neftchilarni karnay-surnay sadolari bilan kutib olishdi.

Sayohat davomida Qoʼqonning diqqatga sazovor joylariga qadam ranjida qilindi. Jumladan, faxriylarimiz Qoʼqon adabiyot muzeyi bilan tanishdilar, Xudoyorxon Oʼrdasida boʼldilar, shahardagi drama teatrida qoʼqonlik sanʼatkorlar bilan ijodiy muloqot qilindi. Jome masjidida juma namozi oʼqildi. Bir dasturxon atrofida madaniy xizmat koʼrsatildi.

Sayohat doirasida mehnat faxriylari Rishton kulolchiligi bilan ham tanishdilar, hunarmandlar bilan suhbatda boʼlishdi.


Faxriylar mazmunli sayohat tashkil etilgani uchun zavod rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar.

 

 FNQIZ matbuot xizmati

 

 

 


Нашр этиш