Fargʼona NQIZning bosh enegetigi MDX davlatlari neftximiya va neftni qayta ishlash korxonalari ishtirokida oʼtkazilgan navbatdagi Kengash yigʼilishida qatnashdi.

Joyriy yilning oktyabr oyi boshida Moskva oblastining “Klyazma” dam olish maskanida, neftximiklar va neftni qayta ishlash korxonalari Аssotsiatsiyasi tomonidan tashkillangan RF va MDX davlatlari neftximiya va neftni qayta ishlash korxonalari bosh Energetiklar kengashi boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishning asosiy maqsadi energetika soxasi mutaxassislari, energoqurilmalar yetkazib beruvchilar oʼrtasida fikr va tajriba almashish, energetiklar oʼrtasida professional aloqani (kontakt) oʼrnatish.

Ushbu yigʼilishda nafaqat neftximiya va neftni qayta ishlash korxonalarining bosh energetiklari, balki ilmiy izlanish va loyixa institutlari, jixoz va qurilma ishlab chiqaruvchi korxona rahbarlari, injenering tashkilotlari mutaxassislari ham qatnashdilar.

Taʼkidlab oʼtish joizki «Аchensk NQIZ» MChJ, «Kuybeshev NQIZ» АJ, «Novokuybeshevsk NXK» АJ, «Sibur» MChJ, «Lukoyl Volgograd NQIZ» MChJ, «Lukoil Permnefteorgsintez» MChJ, PАO АNK « Bashneft Ufaneftexim», «Oʼzbekneftegaz» АJ, «Rosneft», «Sibur - Neftexim» MChJ, korxonalari bosh energetiklari qatorida «Fargʼona NQIZ» MChJ korxonasining bosh energetigi xam ushbu Kengashning aʼzo xisoblanadi.

Tasdiqlangan dasturga asosan, “Korxonalarda elektr generatsiya”, “Texnologik birlashish”, “Ekspluatatsiya va joriy qilish tajribasi”, “Elektr qurilmalarni preduktiv diagnosti”, “Texnik xolat boʼyicha taʼmirlash”, tajribalarni almashish, muammolar, yutuqlar, kelajak mavzularida maʼruzalar tinglandi.

Shuningdek “Fargʼona NQIZ” MChJ bosh energetigi K.А.Kodirovga soʼz berildi: “Korxonadagi energiya xoʼjaligidagi energiya samaradorlik, energiyadan oqilona foydalanish va energetik jixozlarni diagnostika oʼtkazish usullari toʼgʼrisida maʼruza qildi.

Yigʼilishda yakuni boʼyicha, “Fargʼona NQIZ” MChJsi Rossiya va MDX davlatlari neftximiya va neftni qayta ishlash korxonalari bosh energetiklari kengashning eng yaxshi maʼruzasi nominatsiyasi boʼyicha 3-oʼrin bilan taqdirlandi.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 

 


Нашр этиш