“Zakovat” radioviktorina gʼoliblari aniqlandi

Yangiliklar UZ Курилди: 1044

Zavod Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarning bilim saviyalarini doimiy oshirib borish, iqtidorlarini namoyon etishga sharoitlar yaratish maqsadida sentabr oyidan boshlab “Zakovat” radioviktorina oʼyini yoʼlga qoʼyildi. Mazkur viktorina korxonamiz radiotarmogʼi orqali bir oy mobaynida muntazam ravishda oʼtkazib kelindi.

Oʼyin shartlariga koʼra turli sohalarga oid savollar radio orqali berib borildi. Qizgʼin va murosasiz tarzda oʼtkazilgan viktorina va olingan javoblar yoshlarimizning faolligini, bilim saviyalari yuqoriligini koʼrsatdi. Shu sababli oʼyin qizgʼin va murosasiz oʼtdi.

22 oktabr kuni radioviktorina gʼoliblarini aniqlash uchun final bosqichi oʼtkazildi. Savollarga aniq, mukammal va tez javob bergan 6 nafar bilimdon xodimlar finalga yetib kelishdi. Ularga mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi kabi sohalar, hamda adabiyot, tarix, astronomiya fanlari boʼyicha qiziqarli test savollari taqdim etildi.

Viktorina natijasiga koʼra, 1-oʼrinni 9-tsex elektromontyori Аnora Saydahmedova egalladi, 2-oʼrinni 7-tsex katta ustasi Farhodjon Egamberdiev qoʼlga kiritdi, 3-oʼringa 9-tsex elektromontyori Gulnora Mamasolieva sazovor boʼldi.

“Zakovat” radioviktorinasida faol ishtirok etgan, oʼzining bilimdonligi, yuksak zehni bilan hamkasblariga namuna boʼlgan gʼolib yoshlarga Kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan diplom va esdalik sovgʼalari topshirildi.

 

FNQIZ matbuot xizmati

Нашр этиш