FNQIZ direktori huzuridagi Kengashning navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

2021-yil 3-noyabr kuni majlislar zalida korxona rahbari raisligida, navbatdagi Kengash yigʼilishi boʼlib oʼtdi, unda barcha yoʼnalishlar boʼyicha direktor oʼrinbosarlari, bosh mutaxassislar, boʼlimlar va tseхlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Mazkur yigʼilishda “Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJda XMHT (Xalqaro moliyaviy hisobot tizimi, MSFO)ni joriy etish masalalari; debitorlik va kreditorlik qarzlarini undirish, ularni kamaytirish yoʼllari koʼrib chiqildi; shuningdek, asosiy mavzu sifatida sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofazasi va atrof-muhit muxofaza boʼyicha oksokliklar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari muxokama kilindi.

Mazkur yoʼnalishdagi ahvolni tanqidiy oʼrganib, ishlarni yetarli darajada emasligi, qoniqarsiz boʼlishiga hizmat qilayotgan sabab va shart-sharoitlar aniqlanib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Shuningdek, 2021-yil 15-sentabrda boʼlib oʼtgan, Direktor huzuridagi avvalgi Kengash bayonnoma qarori bandlari ijrosi yuzasidan, masʼul mutaxassislar tomonidan, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Direktor huzuridagi navbatdagi Kengash 2021-yilning 29-dekabr kuni oʼtkaziladi, va unda SAP S/4 HANA loyihasini amalga oshirish, shuningdek, FNQIZ da biznes jarayonlarini avtomatlashtirishni amalga oshirish boʼyicha, boshqa loyihalarni amalga oshirish jarayonini koʼrib chiqadi.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш