Futbol musobaqasi chempionlari aniqlandi.

Zavod 1 sektori xududida barpo etilgan mini sport maydonchasida bu xafta mobaynida korxona ishchi xodimlari o‘rtasida futbol buyicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa ko‘tarinki va qizg‘in ruxda o‘tdi.

Xar bir o‘yin keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Jamoalar shiddatli xujumlari bilan o‘yinlarning qiziqarli o‘tishini ta’minlashdi. Turnirda zavod tsexlarida tashkil topgan 16 jamoa guruhlarga bo‘lingan xolda bosh sovrin uchun o‘zaro kurash olib bordilar.


Futbol musobaqasi natijalariga ko‘ra 6 tsex jamoasi 1 o‘rinni egalladi, 2 o‘rinni 32 tsex jamoasi qo‘lga kiritdi, 3 o‘rin esa 19 tsex jamosiga nasib etdi. G‘olib jamolarga zavod mamuriyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasining maxsus Kubogi va pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш