“SAP S/4 HANA integratsiyalashgan axborot tizimini joriy etish” loyihasi boʼyicha Operatsion kengash toʼgʼrisida.

08.11.2021 “ SAP S/4 HANA integratsiyalashgan axborot tizimini joriy etish” loyihasi boʼyicha 4-sonli Operatsion kengash yigʼilishi boʼlib oʼtdi. 3.3 “Аmalga kiritish” bosqichi yakunlanishi munosabati bilan biznes-jarayonlar egalariga bajarilgan ishlar boʼyicha batafsil hisobot taqdim etildi. 09.11.2021 dan boshlab 3.4 loyihasining yangi bosqichi "Oʼrnatish" boshlanadi. Rossiyaning «IT Professionalny Resheniya» MChJ integrator kompaniyasidan loyiha menejeri Yelena Gutseva keyingi bosqich uchun ish rejasini taqdim etdi.

09.11.2021 dan 19.11.2021 yilgacha “Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ mutaxassislari va “ IT Professionalny Resheniya” MChJ integrator kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida tizim sinovdan oʼtkaziladi.

SAP S/4 HANA asosida MDHning dastlabki sinovlari quyidagi yoʼnalishlarni oʼz ichiga oladi:

  • Buxgalteriya hisobi va soliq hisobi;
  • Xarid va zaxirani boshqarish;
  • Savdoni boshqarish;
  • Gʼaznachilik operatsiyalarini boshqarish;
  • Normativ maʼlumotnoma axborotlarini yuritish;
  • Uskunalarga texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlashni boshqarish;
  • Investitsiyalarni boshqarish;
  • Ishlab chiqarish hisobi;
  • Boshqaruv hisobi.

Dastlabki sinov boshlanishidan oldin test guruhi foydalanuvchilarning sinov stsenariyalari va instruktsiyalari bilan tanishdi.

Sinov stssenariylaridan oʼtish jarayonida FNQIZ-ning asosiy foydalanuvchilarining sharhlari qayd etilib, soʼngra Integratorning loyiha jamoasi ushbu kamchiliklarni bartaraf etish jadvalini tuzadi va barcha qayta koʼrib chiqilgan sharhlar “ SAP S/4 HANA tizimda zavodining asosiy foydalanuvchilari tomonidan sinovdan oʼtkaziladi.

Yigʼilish yakunlari boʼyicha, 3.3 “Аmalga yetkazish” bosqichini toʼliq hajmda yakunlangan deb hisoblanib, 3.4 “Oʼrnatish” bosqichi boʼyicha ishni boshlash toʼgʼrisida qaror qabul qilindi.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш