“Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ da 2021-yil sentyabr oyidа xodimlar oʼrtasida oʼtkazilgan "Oʼz kasbining ustasi" koʼrik-tanlovi yakunlari boʼlib oʼtdi.

Bugun, 11-noyabr kuni “Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ da ishchi-xodimlar oʼrtasida sentabr oyi uchun oʼtkazilgan “Oʼz kasbining ustasi” koʼrik-tanlovi yakunlari sarhisob qilindi.

Tanlov yakunlari Tantanali ravishda gʼoliblarga kubok topshirilishi va sovrindorlarni elektron Faxriy taxtasiga joylashtirilishi bilan eʼlon qilindi. Barcha xodimlar oʼz tsexlari tomonidan koʼrsatilgan oʼz kasbining munosib vakillari boʼlganiga qaramay, hamkasblarning qoʼshimcha ochiq ovoz berishlarida maksimal fidoyilik, namunali tartib-intizom va oqilona tashabbuskorligi eʼtirof etilgan mutaxassislar eng koʼp qoʼllab-quvvatlandi.

Hususan, xisobot oyida ish rejasini bajarishda, moddiy resurslar narxini minimallashtirish, hamda ishlab chiqarishda yuqori texnik-iqtisodiy samaradorlikka erishgan, shuningdek, faoliyati davomida yuqori mehnat intizomi va xavfli texnik ishlarda noxush holatlarni sodir etmagan quydagi xodimlar "Oʼz kasbining ustasi" faxriy unvoni sovrindorlari etib taqdirlandi:

  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi operatori- Ismatullaev Farxodjon Аbdugʼaffarovich , 2 tsex;
  • Faoliyat turlari boʼyicha eng yaxshi operator- Mallabaev Baxtier Ismoilovich, 6 tsex;
  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi mashinisti- Shermatov Sherzod Maxmudovich, 6 tsex;
  • Eng yaxshi elektromontyor- Karimov Ravshan Rustamovich, 11 tsex;
  • Eng yaxshi mexanik taʼmirlash ishlari xodimi-Nazirov Bobomurod Nadijon ugli, 9 tsex;
  • Eng yaxshi laborant, namuna oluvchi xodim- Melnikova Yelena Yurevna, 10 tsex;
  • Eng yaxshi asbobsoz-Toʼychiev Sanjar Ravshanbek oʼgʼli, 12 tseh
  • Transport xizmati boʼyicha eng yahshi xodim- Sattarov Аnvar Kayumovich, 13 tsex;
  • Eng yaxshi tarmoq xodimi (Muxandis texnik xodimi)- Nurdullaev Najmiddin Kamol ugʼli, 6 tsex;
  • VGSO, VVO boʼyicha eng yaxshi xodim- Xolmatov Muxtorali Ruziboevich, 19 tsex;
  • AUP boʼlimi boʼyicha eng yaxshi xodim- Li Tatyana Vitalevna, 20 tsex;
  • Xizmat koʼrsatish boʼlimi boʼyicha eng yaxshi xodim- Ortikova Iroda G`ulomovna, 31- tsex.

Barcha gʼoliblarni munosib mukofot bilan tabriklaymiz, bu ularning yuksak shaxsiy fazilatlarining bevosita tasdigʼidir. Sizga yanada muvaffaqiyatli hayot yoʼlini, rejalaringizni amalga oshirishni, FNQIZ oldida turgan keng koʼlamli maqsadlarni amalga oshirishni tilaymiz.

 

 FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш