Ustozlar shogirdlari davrasida

Zavod maʼmuriyati va Faxriylar kengashi hamkorligi samarasida ham hayotiy, ham ish tajribasi katta boʼlgan ustozlar bilan yuzma-yuz uchrashish, ularning pand-nasihatlarini tinglash, kasb sirlarini oʼrganish yosh hamkasblarning kelgusi faoliyatida katta hayot maktabi boʼlmoqda.


Bugun bir guruh mehnat faxriylarining 6-tsexga tashrifi ham taassurotlarga boy boʼldi. Shogirdlar va yosh ishchilar ustozlarni ochiq chehra, samimiy kalomlar bilan kutib olishdi. Tsex maʼnaviyat xonasida boʼlib oʼtgan ikki avlod uchrashuvida zavod Faxriylar kengashi raisi M.Xursanova va 6-tsex faxriysi Razzoq Аhmedov mehnat faxriylarining korxonaga tashrifini tashkillashga amaliy yordam koʼrsatayotgani uchun zavod maʼmuriyatiga va jamoat tashkilotlariga minnatdorchilik bilirdishdi. "Yil ayoli" milliy tanlovining viloyat boskichida zavod sharafini himoya qilgan faol faxriy Ozodaxon Madaminova ikkinchi úringa sazovor búlib, viloyat hokimining Faxriy yorligi va qimmatbaho sovgasi bilan takdirlanganligi eʼtirof etib oʼtildi.

Uchrashuv chogʼida tsex yoshlari ustozlarga hurmat-izzat koʼrsatib, ularga dil soʼzlari bildirdilar. Samimiy tilaklar mehnat faxriylari qalbiga koʼtarinkilik ruxini baxsh etdi. Iqtidorli yigit-qizlarning badiiy chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna koʼrinishlari olqishlarga sazovor bo`ldi.


Tadbir yakunida faxriylar sharafiga toʼkin dasturxon yozildi.

 



FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш