"Yashil makon" dasturi doirasida bir kunda 2000 dan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi.

“Yashil makon” dasturi doirasida joriy yilning 24 noyabr kuni FNQIZ xodimlari 2000 dan ortiq ko‘chat ekishdi.

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ joriy yilda 10 ming tup, kelasi yilning bahorida esa 11 ming 200 tup ko‘chat ekishni rejalashtirgan.

Shu maqsadda zavod mehnatkashlari korxonamizga tutash ko‘chalar va Qirguli mavzesidagi bo‘sh hududlarga archa ko‘chatlari o‘tqazmoqda. Bugun korxona direktori H.Latipov va yo‘nalishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari Qirguli mavzesidagi va Farg‘ona ko‘chasi bo‘ylab ko‘kalamzorlashtirish ishlariga shaxsan qo‘shilishlari, zavod xodimlariga g‘ayratiga yanada ishtiyoq bag‘ishladi.

Zavod direktori ta’kidlaganidek, bu tashabbus faqat ko‘chat ekish bilan cheklanib qolmay, ularni muntazam sug‘orish, parvarishlash va yetishtirish bilan birga olib boriladi. Shu maqsadda har bir tsex rahbarlari va ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar mutaxassislari tegishli xududlarga biriktirildi.

 

FNQIZ matbuot xizmati.

 


Нашр этиш