“Fargʼona NQIZ” MChJni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish doirasida qilingan ishlar bo’yicha MA’LUMOT

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7-fevraldagi 67-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, FEED bazaviy loyihasi xamda (frantsiyaning “Аxens” va buyuk britaniyaning “Amec Foster Wheeler - WOOD” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan) marketing tadqiqotlari xisoboti (buyuk britaniyaning “Аrgus Media” tomonidan tayyorlangan) asosida ishlab chiqilgan Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi (TIА) “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʼtkazilgan. Xozirda TIА manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Vazirlar Maxkamasiga tasdiqlash uchun kiritildi.

Investitsion loyihani oʼz muddatida amalga oshirish uchun, ishchi loyihasini ishlab chiqish, uskunalar va materiallarni yetkazib berish, xamda dastlabki qurilish ishlarini amalga oshirish boʼyicha ishlar bosqichma-bosqich yoʼlga qoʼyilmoqda. Muxandislik tadqiqotlarini oʼtkazish uchun, tanlangan qurilish maydonlarini pudratchi tashkilotga topshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Omsknefteximproekt” MChJ va “UzLiTi Engineering” MChJ bilan xamkorlikda yangi texnologik jarayonlarini qurish va mavjud texnologik obʼektlarni rekonstruktsiya qilish ishchi loyixalarini ishlab chiqish bilan birga, zavodda yangi rezervuarlarni xamda bugʼ qozonxonasini qurish, bundan tashqari quyish-toʼkish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish boʼyicha loyiha xujjatlarini ishlab chiqish xamda jixozlarni yetkazib beruvchi kompaniyalarni tenderlar asosida tanlash ishlari jadal davom ettirilmoqda. Italiya davlatining MACCHI ASSEMBLING YARD MARGHERA kompaniyasi tomonidan bugʼ qozonini ishlab chiqarilishi yoʼlga qoʼyilgan.

Аlbatta, investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb qilish maqsadida, xalqaro tijorat banklari bilan muzokaralar davom ettirilmoqda, ushbu yuzasidan banklar tomonidan soʼralgan xujjatlar oʼrganib chiqish uchun taqdim etilgan.

 “Fargʼona NQIZ” MChJda API standarti asosida I-guruhga mansub yangi turdagi moy maxsulotlari ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish yoʼl xaritasi asosida, “Bett Chemical” va “Xinxiang Richfull” (Xitoy) kompaniyalaridan sotib olingan qoʼshimchalardan (prisadka) foydalanib, bugungi kunda jami besh xil turdagi motor, gidravlika va transmission moylari namunalari ishlab chiqilib, isteʼmolchilar tomonidan sanoat sharoitida sinovlardan oʼtkazilmoqda.

 

   FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш