Farg‘ona NQIZ mas’uliyati cheklangan jamiyati - O‘zbekiston Respublikasida yagona surkov moylari ishlab chiqaruvchi va Markaziy Osiyo mintaqasida asos moylarni ishlаb chiqaruvchi yirik korxona

Eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilarning yangi zamonaviy turdagi moylarga bo‘lgan talabini qondirish uchun Farg‘ona Neftni Qayta Ishlash Zavodida birinchi marotaba API SL turiga mansub zamonaviy moylar, hamda qovushqoqlik sinfidagi SAE standartlari bo‘yicha yuqori sifatli motor moylari shuningdek, API, SF/CC, SG/CD, CF-4/SG toifali moylar va GL-3 transmissiya moyini ishlab chiqarish boshlandi.

Asos moylarni sifatini yaxshilash va mahsulotlarning xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida "Farg‘ona Neftni Qayta Ishlash Zavodi" mas’uliyati cheklangan jamiyatida 2021 yil 1 - avgustdan boshlab qat’iy xalqaro standartlarga mos keladigan I - guruhidagi SN-100, SN-150, SN-240, SN-350, SN-500 va RL asos moylarni (mineral) ishlab chiqarishga to‘liq o‘tildi.

Endilikda, ham Respublika, ham chet el asos moy iste’molchilari yangi standart bo‘yicha mahsulotlarni O‘zbekiston Respublika tovar - xomashyo birjasi orqali sotib olishlari mumkin.

1 va 2 guruhlarning yuqori sifatli asos moylarini ishlab chiqarish maqsadida Farg‘ona Neftni Qayta Ishlash Zavodi texnologik jarayonlarini modernizatsiya qilishni davom ettirmoqda.

 

   FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш