Tashkilot haqida

Image

Fergana oil refinery plant Limited Liability Company is one of the leading enterprises for the production of fuels and lubricants in the Central Asian region.

Fergana oil refinery plant is the largest oil refinery, continuous cycle oil-fuel plant with high level of automation. The plant was put into operation on January 27 of 1959, its registered address is Sanoat street 240, Fergana city.

The total area of the enterprise: 474.97 hectares

The plant can produce more than 70 varieties of oil products.

Fergana oil refinery plant comprises 32 main and auxiliary workshops, Altyaryk fuel production (AFP), transfer tank farms in the cities of Pap and Angren.

Workshops 1 to 5 are the main process shops, which ensure production of oil products.

The rest are auxiliary and subsidiary shops, which ensure primary production by means of energy resources (steam, water, air, gas, electricity), laboratory quality control of oil products, repair and operation of equipment and instrumentation, loading and shipment of oil products.

 

Image

1- tsex – zavodning asosiy tsexi, 11 ta qurilmani o‘z ichiga oladi: ular – xom neft va ELOU-AVT-1, ELOU-AVT-2, ELOU-AVT-3, ELOU-AVT-4, AT-5 gaz kondensatlari, L 35/11-300 va LCH 35/11-600 katalitik reformingni birlamchi qayta ishlash, 35/2 dagi ekstra benzin olish, etan va gazoyl gidrodesulfurizatsiyasi (GDS), gazni fraksiyalash (GFQ) qurilmalaridir. Tsex qurilmalari quyidagilarni ishlab chiqaradi:

  • tovar mahsulotlari, dizel yoqilg‘isi, aviakerosin, ekstra benzin va siqilgan gaz:

  • yarim tayyor mahsulotlar: keyinchalik qayta ishlash uchun yuboriladigan benzin, moyli distillyatlar, gudron, mazut.


2- tsex – 7 ta qurilmani o‘z ichiga oladi:

Bular - 21/10-300, 21/10-600 dagi ohista kokslash, neft koksini maydalovchi, 19/3 dagi bitum ishlab chiqarish, gudronni propan yordamida deasfaltizatsiya qilish - 36/1, 36/ZM dagi bir pog‘onali va 36/5 dagi ikki pog‘onali qurilmalardir.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar:

Tovar holatida: bitumlar, kokslar.

Yarim tayyor mahsulotlar: deasfaltizatlar va asfalt.

3-tsex – 7 ta qurilmani o‘z ichiga oladi:

Bular - 37/1, 37/2, A-37/1, A-37/3 dagi moylarni selektiv ravishda tozalovchi qurilmalar,

42/2M dagi deparafin moylarini oqartiruvchi gil yordamida kontakt yo‘li bilan tozalovchi, G-24 dagi moylarni gidrotozalash, 57/1,2 dagi moylarni kompaundlash qurilmalaridir.

5-tsex – 9 ta qurilmani o‘z ichiga oladi:

Bular - 39/1 va 39/6 dagi moylarni deparafinlash, 39/7-1, 39/7-2 dagi moylarni ikki bosqichli filtrlash yordamida deparafinlash va 39/8 dagi moylarni chuqur deparafinlash uskunalari, shuningdek 40/2 dagi parafin ishlab chiqarish, 1-1A dagi azotni quyish kompressor va azot ishlab chiqarish uchun PSA qurilmalaridir.

Ishlab chiqarish – yarim tayyor mahsulotlar:

Deparafinlangan moylar, gachlar, petrolatum, parafin – xom-ashyo. PSA qurilmasidan olinadigan azot zavodning texnologik qurilmalarini inert gaz bilan ta’minlashga mo‘ljallangan.

6-tsex – tovar xom-ashyo tsexi, xom-ashyo, qo‘shimchalar, reagentlarni qabul qilish, saqlash va uskunalarga uzatish, benzinlarni kompaundlash va tovar mahsulotlarini ortishga mo‘ljallangan.

7-tsex – zavod obyektlarini suv, bug‘, havo, gaz bilan ta’minlash va neft chiqindilarini to’plab qayta ishlashga yuborishga mo‘ljallangan.

8-tsex - ta’mirlash mexanika tsexi, markazlashgan holda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, ehtiyot qismlar va nostandart uskunalarni tayyorlashga mo‘ljallangan.

9-tsex – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tsexi.

10-tsex – markazlashgan zavod laboratoriyasi, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni, qabul qilinayotgan xom-ashyo, reagent va qo‘shimchalar sifatini nazorat qilinishini ta’minlaydi.

11-tsex – elektr ta’minoti, zavod obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek elektr tarmoqlari va uskunalarini ta’mirlash.

12-tsex – nazorat-o‘lchov asboblari va texnologik qurilmalarda avtomatika vositalarining uzluksiz ishlashi, shuningdek ularning tekshiruvi, ta’mirlanishini ta’minlaydi.

13-tsex – avtotransport tsexi.

14-tsex – temir yo‘l tsexi, xom-ashyo, reagentlar, material va asbob-uskunalar ortilgan temir yo‘l sisterna va platformalarni uzatish, neft mahsulotlari ortilgan temir yo‘l marshrutlarini ishlab chiqish va jo‘natilishini ta’minlaydi.

15-tsex – asbob-uskuna va umumzavod ombor xo‘jaligi bazasi.

17-tsex – tajriba-tadqiqot tsexi, kelib tushayotgan xom-ashyo tadqiqotini o‘tkazadi, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, mahsulot assortimentini kengaytirish tadbirlarini ishlab chiqadi.

18-tsex – Zavodning harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati

19-tsex – Harbiylashtirilgan gaz-qutqaruv otryadi

20-tsex – Zavod boshqarmasi

22-tsex – Tayyor mahsulotni ortish

23-tsex – Og‘ir texnika va mexanizmlar

24-tsex – Tolling va uglevodorod xom-ashyosi importi

25-tsex – Ifloslangan yer osti suvlarini tozalash

28-tsex - Kasanachilik

30-tsex – Oshxonalar

45-tsex - Obodonlashtirish

48-tsex - Mehmonxona

«RSMU Neft» – Farg‘ona NQIZ huzuridagi unitar korxona

OYoICH - Oltiariq yoqilg‘i ishlab chiqarish

OYoICH tarkibida quyidagi AT-1,2,3 texnologik qurilmalar, TK-2, GFU termal kreking qurilmalari, difenil ishlab chiqarish qurilmasi (417, 413 turdagi), XL-2 qurilmasi mavjud. Rezervuar parklari, quyish-to‘kish estakadasi, suv bug‘i ishlab chiqarish bo‘yicha qozonxona, tozalash inshootlari, ta’mirlash-mexanika tsexi, tovar xom-ashyo tsexi, suv ta’minoti uchastkasi, KIP va A uchastkalari, elektr uchastkasi, etilqorishtirish uskunalari mavjud.

FNQIZ tuzilmasiga Pop va Angren shaharlarida joylashgan neft transport terminallari kiradi.

Image

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining sifat, sog‘liqni saqlash, mehnat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va energetika menejmenti sohasidagi siyosati

“Farg‘ona NQIZ” mas’uliyati cheklangan jamiyati – uglevodorod xom-ashyosini qayta ishlash va neft mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik korxonalardan biri.

Korxonaning vazifasi – iste’molchilar talabini qondiradigan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish hamda davlat, jamiyat va boshqa manfaatdor tomonlar manfaatlari yo‘lida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun barqaror daromad olish.

Tashkilot maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi neft va gaz sohasida yetakchi o‘rin egallaydigan samaradorligi yuqori bo‘lgan va raqobatbardosh kompaniyaga aylanish.

Bizning yutuqlar:

1) Yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar:

yetkazib berilayotgan xom-ashyo va tovar-moddiy boyliklarning yuqori sifati, barqarorligi va energiya samaradorligini bir maromda ta’minlash maqsadida yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar.

uglevodorod xom-ashyosi manbalarini izlash va kengaytirish, jumladan tolling yetkazib berishlar hisobiga.

2) Butun e’tiborni iste’molchiga qaratish:

Iste’molchilarning muttasil oshib borayotgan talabini hisobga olgan holda neft mahsulotlari iste’mol bozorini assortiment va sifat bo‘yicha o‘rganish va tahlil qilish orqali, shuningdek texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish hisobiga iste’molchi ehtiyojlarini doimiy ravishda qondirish.

Sotuvdan keyingi kafolatli muddatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning iste’molchilar salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sirini minimallashtirish

3) Davlat va jamiyat farovonligi va rivojida faol ishtirok etish:

mahsulot sifatini, mehnat muhofazasi, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash, energiya sarfidan unumli foydalanish samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishda energiya tejamkorligi bo’yicha hukumat va nazorat organlarining qonunchilik hujjatlarini so‘zsiz bajarilishi;

davlat va tarmoq dasturlarining amalga oshirilishida faol ishtirok etish;

jamiyat taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida ko‘mak ko‘rsatish;

4) Xodimlar – asosiy aktivimiz:

xodimlarning malakasini muttasil oshirib borish va ularga motivatsiya berish;

qonunchilik, me’yoriy va boshqa talablarni bajarish uchun xodimlar mas’uliyatini oshirish.

5) Mehnat xavfsizligi va sharoitlari:

mehnat muhofazasi talablarini bajarish bo‘yicha nazoratni tashkil qilish va xodimlarni himoya vositalari bilan ta’minlash;

professional saralash va xodimlarni o‘qitish;

zavod infratuzilmasini yaxshilash;

kasallanish va tan jarohati olish darajasini kamaytirish.

6) Atrof-muhitni avaylash:

ma’naviy jihatdan eskirgan uskunalar, texnologik jarayonlar va qo‘llanilayotgan materiallarni yangilash orqali zavod faoliyatining ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish;

ekologik jihatdan xavfsiz mahsulot ishlab chiqarish;

yoqilg‘i-energetika va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

7) Doimiy yaxshilash:

sifat menejmenti, integratsiya qilingan menejment tizimlari amal qilishi samaradorligini oshirish.

mahsulot sifati, ishlayotganlarning salomatligi holati, mehnat sharoitlari, xavfsizlik texnikasi va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek nomuvofiqlarni o‘z vaqtida va natijador bartaraf etish maqsadida energetik xarakteristikalarni uzluksiz monitoring qilish.

 

Mazkur siyosatda qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun FQIZ rahbariyati quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

Mazkur siyosatning sifat, sog‘liqni saqlash, mehnat xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi va energetik menejmentni ta’minlash borasidagi barcha deklaratsiya qilingan qoidalarini bajarish;

O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan, shuningdek salomatlikni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek energiya samaradorligi, energiyaning barcha turlaridan oqilona foydalanish va iste’mol qilishga doir qonunchilik, me’yoriy hamda boshqa me’yor va talablar bajarilishini ta’minlash.

Xalqaro standartlarning amaldagi tahrirlari talablari asosida sifat menejmenti tizimi, integratsiyalashgan menejment tizimi va energetik menejment tizimi natijadorligini doimiy ravishda oshirib borish;

Chiqindi va chiqitlar tizimi, normativlar, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilari bilan munosabatda bo‘lish va energiya manbalaridan oqilona foydalanish qoidalariga rioya qilish ustidan ishlab chiqarish bilan bog‘liq ekologik nazorat tizimini takomillashtirish;

Ish joylaridagi sharoitlar yaxshilanishini ta’minlash, mehnat xavfsizligini oshirish, kasalliklar, ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarohatlar va avariyalarning oldini olish bo‘yicha samarali vosita va usullarni joriy etish;

Barcha manfaatdor tomonlar bilan sifat menejmenti, sog‘liqni saqlash, mehnat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya menejmenti masalalari bo‘yicha ochiq muloqotni qo‘llab-quvvatlash;

Ishlab chiqarish jarayonlari va zavod bo‘linmalarining energetik ko’rsatgichlarini doimiy yaxshilanishini ta’minlash;
Image

«Farg’ona NQIZ» MChJ 150106,
O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati,
Farg’ona shahar,

Sanoat ko’chasi, 240 uy

Tel: (+99873) 229-45-19
Faks: (+99873) 229-45-76
е-mail: info@fnpz.uz
Tel. ishonch: (+99899) 810-83-84,
47-17 (zavod ishchilari uchun)

FNQIZ © 2022

Barcha huquqlar muhofaza qilingan.

DIQQAT! Agar sahifalarda matnda xatolik topsangiz, uni belgilab ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga yuboring.

Система Orphus