Ijtimoiy javobgarlik va xayriya

Image

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi korxona xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini e’tirof etadi va himoya qiladi.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun kasaba uyushmasi:

muloqot va ijtimoiy sheriklik tamoyillarini yo‘lga qo‘yish, jamoat shartnomasini tuzish bo‘yicha jamoaviy muzokaralarni tashkillashtirish, uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • mehnatga haq to‘lash, mehnat shartlari bo‘yicha ijtimoiy-adolatli tizimni joriy etish va uni takomillashtirish;
  • korxonada mehnat, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga oid qonun hujjatlariga rioya etish, me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan barcha imtiyoz va kafolatlarni xodimlarga taqdim etish;
  • ish beruvchi bilan o‘z vakolatlarini amalga oshirishda hamkorlik qilgan holda, kasaba uyushma a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat huquqlari va professional manfaatlarini himoya qilish;
  • korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlari hamda atrof-muhit holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, ish joylarida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini bartaraf etish, ishchilarni sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari, qulay ishlab chiqarish sharoiti bilan ta’minlash;
  • kasaba uyushmasi ahzolarining salomatligini mustahkamlash uchun sharoitlar yaratish, ommaviy jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkillashtirish, sihatgohlarda dam olish, samarali va arzon davolanish bilan ta’minlash;
  • mehnat jamoasida madaniy-mahrifiy, sport tadbirlari, ko‘rik tanlovlar tashkillashtirish va o‘tkazish.

“Islohotlar - islohot uchun emas, avvalo, inson uchun” bu faqat shior emas. Mustaqil yurtimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot negizida inson manfaatlari yotadi. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, zavoddagi texnik qurilmalarni rekonstruktsiya qilish – bularning barchasi aholi turmush darajasini yuksaltirishga yo‘naltirilgan. 

Image
Zavodimizning asosiy boyligi - o‘z fidokorona mehnatlari bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan mehnatkashlardir.

Korxona ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasining ustuvor vazifasi - mehnatkashlar farovonligini oshirish, ishchilar va ularning oila ahzolarining salomatligi haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularni har tomonlama ijtimoiy himoya qilish, mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash hisoblanadi.

Jamoa shartnomasi mexanizmi orqali amlga oshiriladigan ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklik masalalari Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining doimiy e’tibor markazida turadi.

Bularning barchasi – xodimlarni sog‘lomlashtirish, ishlab chiqarishda ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kuchli ijtimoiy himoya insonlar kayfiyati va mehnat unumdorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Zero barcha tashabbuslar zaminida inson manfaatlari yotadi va ular xodimlarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan.

Koronavirus pandemiyasi sababli eʼlon qilingan karantin paytida korxona ishchi xodimlari tashabbusi bilan ularning bir kunlik ish haqi “Mehr-shavqat va salomatlik” jamoatchilik fondiga ko‘chirildi (jami 250 mln. so‘m).

Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan texnogen avariya natijasida zarar ko‘rgan Sirdaryo viloyati aholisiga xayriya yordami ko‘rsatildi. Bunda ularga oziq-ovqat mahsulotlari (5 tn. kartoshka, 1 tn. un, sabzi, o‘simlik yog‘i, 500 kg makaron mahsulotlari) va choyshab anjomlari (500 ta to‘plam) taqdim etildi.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi doimiy tarzda Farg‘ona va Marg‘ilondagi bolalar va qariyalar uylari, nogiron va imkoniyati cheklangan insonlar birlashmalariga xayriya yordami ko‘rsatadi.

«Farg’ona NQIZ» MChJ 150106,
O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati,
Farg’ona shahar,

Sanoat ko’chasi, 240 uy

Tel: (+99873) 229-45-19
Faks: (+99873) 229-45-76
е-mail: info@fnpz.uz
Tel. ishonch: (+99899) 810-83-84,
47-17 (zavod ishchilari uchun)

FNQIZ © 2022

Barcha huquqlar muhofaza qilingan.

DIQQAT! Agar sahifalarda matnda xatolik topsangiz, uni belgilab ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga yuboring.

Система Orphus