"Neftchi" ayollar jamoasi oliy ligada

Ayollar futboli bo‘yicha mamlakat Birinchi ligasida Xorazmning "To‘maris" jamoasini inobatga olmaganda, beshta jamoa poytaxtdagi "Chig‘atoy" sport bazasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Liga g‘olibligi va oliy liga yo‘llanmasi taqdiri so‘nggi turda hal bo‘ldi. AGMK-2 jamoasi "Andijon"ni yirik hisobda mag‘lub etib, 35 ochko to‘plagan holda liga peshqadami bo‘ldi. "Neftchi" ham "Dinamo" jamoasini ikkita to‘p farqida yengdi (3:1). Gollar Navro‘za Latifjonova (1, 73), Gulira’no Hasanova (53) hisobiga yozildi. Biroq jamoaning ochkolari soni 33 tani tashkil etdi.

Musobaqa qoidasiga ko‘ra AGMK-2 Olmaliqning AGMK bosh jamoasi farm klubi bo‘lgani uchun oliy ligadan joy olmaydi, uning o‘rnini ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa egallashi bois, "Neftchi" ayollar jamoasi oliy ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


Нашр этиш