MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENS

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJda monopoliyaga qarshi muvofiqlik tizimini joriy etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-son qaroriga muvofiq davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, monopolist korxonalar va korporativ buyurtmachilar faoliyati sohasida monopoliyaga qarshi kompalens tizimini joriy etish belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2021-yildagi 114-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJda 22.01.2024-yildagi 69-sonli “Farg‘ona NQIZ” MChJ faoliyatining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha monopoliyaga qarshi komplayensni yaratish to‘g‘risida” buyruq chiqarildi.

Buyruq bilan birga “Farg‘ona NQIZ” MChJda monopoliyaga qarshi komplayens bo‘limini tashkil etish, yuritish va faoliyatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ham tasdiqlandi.
“Farg‘ona NQIZ” MChJda 2024-yilga mo‘ljallangan monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarining buzilishi xavfini kamaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Raqobatni cheklash to‘g‘risidagi xabar:
- xizmat telefon raqamlari:
+998 73 229 47 48, + 998 90 369 00 12;
- e-mail: U.Egamnazarova@fnpz.uz
orqali qabul qilinadi
Mas’ul shaxs: Egamnazarova Umidaxon.