"Farg’ona NQIZ" MChJ xodimlari o'rtasida o'tkazilgan "O’z kasbining ustasi" ko’rik-tanlovining fevral oyi natijalari e'lon qilindi.

Tanlov-musobaqa natijalari sovrindorlarini tantanali ravishda taqdirlash bilan ommaviy tarzda ma’lum qilindi.

Barcha nomzodlar o'z kasblarining eng munosib vakillari bo'lishiga qaramay, ochiq ovoz berishda ular orasida fidoyilik, intizom va faol tarzda tashabbuskorlik ko'rsatgan mutaxassislar hamkasblari tomonidan adolatli tarzda baholandi.

O'tgan oy so'ngida, ish rejasini bajarishda, moddiy resurslar narxini minimallashtirish hamda ishlab chiqarishda yuqori texnik-iqtisodiy samaradorlikka erishgan, shuningdek, faoliyati davomida yuqori mehnat intizomi va xavfli texnik ishlarda noxush holatlarni sodir etmaganligi sababli, "O’z kasbining ustasi" faxriy unvoni sovrindorlari etib quyidagi xodimlar taqdirlandi:

  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi operatori- Otakulov Baxodir Turakulovich 1 tsex;
  • Faoliyat turlari boʼyicha eng yaxshi operator- Siddikov Furqat Аkramovich, 4 tsex;
  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi mashinisti- Rasulov Shaxboz Shokirjon ugli, 1 tsex;
  • Eng yaxshi elektromontyor- Tojiboyev Akmal Tojiboyevich, 8 tsex;
  • Eng yaxshi mexanik taʼmirlash ishlari xodimi- Urmanov Rasulxon Ravshanovich, 9 tsex;
  • Eng yaxshi laborant, namuna oluvchi xodim- Yusupova Sayyora Komiljonovna, 10 tsex;
  • Eng yaxshi asbobsoz- Shitov Viktor Yurevich, 9 tsex;
  • Transport xizmati boʼyicha eng yahshi xodim- Tajibayev Umarali Ganiyevich, 11 tsex;
  • Eng yaxshi tarmoq xodimi (Muxandis texnik xodimi)- Nurdullayev Najmiddin, 4 tsex;
  • VGSO, VVO boʼyicha eng yaxshi xodim- Usmanov Azamjon Akbaraliyevich, 14 tsex;
  • AUP boʼlimi boʼyicha eng yaxshi xodim- Ismailova Gulchexra Sultanbayevna, 9 tsex;
  • Xizmat koʼrsatish boʼlimi boʼyicha eng yaxshi xodim- Sodikov Shukurullo Gayratovich, 4- tsex.

 

 

 Zavod Matbuot xizmati


Нашр этиш