"Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida" benzin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida AI-80 markali benzinning sutkalik ishlab chiqarish hajmi 850 tonnadan 1000 tonnaga, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 30 tonnadan 50 tonnaga oshirilmoqda.

Bu boradagi ishlar Respublika aholisining energiya resurslariga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.

Ushbu rejalarni amalga oshirish maqsadida “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida benzin va suyultirilgan uglevodorod gazi hajmlarini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar tashkil etildi.

Xususan, uglevodorod xomashyosini birlamchi qayta ishlashni o‘rnatishdan avval uglevodorod xomashyosining kerakli tarkibini tanlab, zavodning ishlab chiqarish quvvatlarini yuklashning optimal sxemasi aniqlandi. Shu bilan birga, «Aspen Unified PIMS»dasturiy yechimi asosida FNQIZda ishga tushirilgan optimallashtirilgan rejalashtirish modeli imkoniyatlaridan foydalaniladi.

Rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish va muammolarni tezkor hal etish uchun FNQIZ buyrug‘i bilan korxona va ishlab chiqarish sexlari rahbarlaridan iborat tezkor shtab tuzildi.

 

"FNQIZ" matbuot-xizmati.


Нашр этиш