FNQIZ mahsulot yuborishni raqamlashtirmoqda

FNQIZ texnologik jarayonlarning yangi bosqichiga, jumladan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali erishmoqda. Bugungi kunda korxonaning barcha resurslari isteʼmolchilarni arzon yoqilgʼi, xususan, benzin bilan taʼminlashga qaratilgan.

Ishlab chiqarish va mahsulot yuborishning yuqori surʼatlarini taʼminlash maqsadida 2022-yil dekabr oyining birinchi oʼn kunligidan boshlab Fargʼona neftni qayta ishlash zavodida SAP S/4 Hana dasturiy taʼminoti asosida Korporativ axborot tizimida (KАT) elektron hujjat aylanishi bilan birga avtomashinalarni joʼnatishning avtomatlashtirilgan jarayoni ishga tushirildi. Bu mijozlar bilan oʼzaro aloqada boʼlgan boʼlim uchun mahsulot yuborish jarayonining barqarorligi va shaffofligini taʼminlaydi.

Amalga oshirilgan avtomatlashtirish jarayoni bir qator afzalliklarni beradi. Yuk hujjatlari endi QR kod bilan chop etiladi. Uning ichida yuk haqidagi barcha maʼlumotlar bir joyda raqamli tarzda jamlanadi. QR kod yordamida mutaxassis mobil telefondan yukni joʼnatish va unga masʼul boʼlgan shaxslar haqidagi barcha maʼlumotlarni koʼrishi mumkin.

Bundan tashqari, ushbu avtomatlashtirish jarayoni joriy etilishi bilan har bir avtomobil ularga beriladigan elektron talon orqali zavodga kiradi. Yuk tashish holatini onlayn tarzda kuzatish, bu jarayonning har bir bosqichini barcha ishtirokchilar tomonidan masʼuliyat bilan amalga oshirishini koʼrsatadi.

Amalga oshirilgan tizim mahsulotlarni joʼnatish bilan bogʼliq yuzaga keladigan muammolar zudlik bilan bartaraf etish imkonini beradi va qogʼoz hujjatlar sonini keskin kamaytiradi. Tizimdagi barcha maʼlumotlar inson omili ishtirokisiz amalga oshiriladi.


“Ushbu jarayon zavod menejmentiga dunyoning istalgan nuqtasidan, onlayn tarzda zavoddagi jarayonlarni koʼrish va kuzatish imkonini beradi. Xozirdan zavod tomonidan mijozlarga xizmat koʼrsatish sifatini oshirish boʼyicha keyingi qadamlar belgilangan”, — dedi biznes jarayonlarini avtomatlashtirish boʼyicha direktor oʼrinbosari Natalya Alshanikova.

Bu FNQIZ tomonidan asosiy eʼtiborni qaratgan maqsadlar sari yana bir qadam boʼldi: isteʼmolchilar talablariga eng maqbul keladigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish, davlat va jamiyat manfaati yoʼlida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish.

FNQIZ matbuot xizmati

 

 


Нашр этиш