Farg‘ona NQIZ neft mahsulotlari savdosi bo‘yicha Telegram-botni ishga tushirdi

Uning yordamida neft mahsulotlariga buyurtmalar va jo‘natmalarning holati haqida tezkor ma’lumotlarni olish mumkin.

“FNPZ SAVDO” Telegram-boti mijozlar bilan ishlash sifati va shaffofligini oshirishga qaratilgan. Bot jo‘natma uchun ariza qoldirilgani, chiqib ketayotgan jo‘natmaning kelishilgani hamda uning tugallangani haqida xabar beradi.

Mijozlar o‘z vaqtida xabardor bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi, bu ularga logistika bilan bog‘liq jarayonlarni nazorat qilish darajasini oshirish, natijada neft mahsulotlarini tashish xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratadi.

Telegram-botda ishlashni boshlash uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Bot bilan ishlash bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalarni mana bu yerda topishingiz mumkin

“Mijozlar bilan telegram-botning ishga tushirilishi Farg‘ona NQIZda korxonani modernizatsiya qilish doirasida boshlangan biznes transformatsiyaning davomidir, – deydi biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Natalya Alshanikova. – 2021-yilda zavodda SAP tizimi bazasida integratsiyalangan modullarni joriy etish ishlari boshlandi, ular xaridlar, zaxiralar, investitsiyalar, neft mahsulotlarini sotish, to‘lovlar, boshqaruv va buxgalteriya hisobotlarini shakllantirish kabi neftni qayta ishlash zavodini boshqarish jarayonlarini qamrab oldi.

Farg‘ona NQIZni avtomatlashtirishning navbatdagi bosqichi – zavodni zamonaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlash hamda MES tizimini joriy etishdan iborat bo‘lib, bu ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini boshqarish hamda inson omili bilan bog‘liq xatolarni minimallashtirish imkonini beradi.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш