Zavod maktab uchun qoʼshimcha bino qurib berdi

Fargʼona shahrining “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yigʼinida joylashgan 34-oʼrta maktab 270 oʼringa moʼljallangan boʼlsa-da, oʼquv maskani va uning filialida 350 nafardan ziyod oʼgʼil-qizlar ikki smenada taʼlim olishadi. 

Maktab binosida sinf xonalari, qoʼshimcha binolar yetishmasligi bois, taʼlim jarayonida qiyinchilik sezilardi.

Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi Prezidentimiznig yoshlarning puxta bilim olishlari uchun yetarli sharoitlar yaratib berishga koʼmaklash, ularni qoʼllab-quvvatlash, iqtidorlarini roʼyobga chiqarish boʼyicha koʼrsatmalari, shuningdek viloyat hokimining maktablarining moddiy texnika bazasi va jihozlanishi, taʼlim sifatidan kelib chiqib, qizil hududga olingan maktablarga masʼul tashkilotlarni biriktirish boʼyicha tegishli topshirigʼi ijrosini taʼminlash maqsadida mazkur oʼquv muassasasi uchun qoʼshimcha bino qurib berishga kirishdi. Umumiy qiymati 865 497 000 soʼm boʼlgan loyiha ʼujjatlari zavod mukammal qurilish boʼlimi mutaxassislari tomonidan tayyorlandi. Obʼektda qurilish ishlari oʼquvchilarning yozgi taʼtil kunlari boshlangan boʼlsa, oradan 5-6 oy oʼtib, bino qurib bitkazildi. Obʼekt uchun barcha qurilish materiallari ham zavod tomonidan taʼminlab berildi.

Qoʼshimcha bino 65 oʼrinli faollar zali, kutubxona, oshxonadan iborat boʼlib, keng, shinam va yorugʼligi bilan zamonaviy koʼrinish oldi.

- Bunyodkorlik ishlarida korxonamizning 32-tsexi qurilish brigadasi fidoyilik koʼrsatdi-deydi zavod mukammal qurilish boʼlimi yetakchi muhandisi Noʼʼmonjon Fozilov. – Bundan tashqari, oʼndan ortiq texnikalar jalb etildi. Taʼminotda hech qanday uzilish boʼlmadi. Kelajagimiz egalari boʼlgan oʼquvchi yoshlarning puxta taʼlimgʼtarbiya olishlari uchun ozgina boʼlsagʼda sharoit yaratib berganimizdan mamnunmiz.

Shuningdek, zavod homiyligida maktab filialiga barcha sanitar sharoitlari mavjud boʼlgan zamonaviy hojatxona qurib berildi. Moddiy texnika bazasi uchun kompьyuter jamlanmalari beminnat tuhfa qilindi.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш