Farg‘ona NQIZda TOP 12 ta eng yaxshi xodimlar aniqlandi

2023-yil 22-sentyabr kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ishchi mutaxassisliklarga mos 12 xil nominatsiya bo‘yicha “O‘z kasbining ustasi” kasb mahorati tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovni o‘tkazish an’anasi zavod rahbariyati tomonidan 2020-yil sentyabr oyida boshlangan bo‘lib, zavodning barcha darajalardagi va bo‘linmalaridagi xodimlarga rag‘bat va motivatsiya berish tizimida muhim hodisaga aylandi.

Tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ishchi kasblarning nufuzi va obro‘-e’tiborini, jumladan, yoshlar o‘rtasida oshirish, shuningdek, kadrlar tayyorlash bo‘yicha joriy tajriba va ilg‘or amaliyotlarni keng targ‘ib etishdan iborat.

Joriy yilda turli ishchi kasblar toifalari bo‘yicha o‘z sohasining eng ustasi unvoni uchun mingdan ziyod zavod ishchilari, jumladan: texnologik qurilmalar operatori, tovar operatori, mashinisti, elektromontyori, pribor operatori, mexanik ta’mirchi, laborant, transport ishchisi, ma’muriy boshqaruv, shuningdek, xavfsizlik xizmati xodimlari o‘zaro bellashishdi.

O‘z kasbining mohir ustasi nominatsiyasi uchun xodimlarni tanlash qanday amalga oshirilgani haqida innovatsiyalar va xalqaro standartlarni joriy etish bo‘limi yetakchi muhandisi Umidaxon Sherxanovna Egamnazarova so‘zlab beradi.

“Nomzodlarni baholash bir necha bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda yil davomida, har oyda zavod va sexlar komissiyalari hamda bosh mutaxassislar bilan birgalikda yagona baholash mezonlariga asoslangan holda eng yaxshilarni aniqladik. Ikkinchi bosqichda 700 dan ortiq zavod xodimlari ishtirok etgan oylik ochiq onlayn ovoz berish natijalari ham qo‘shib hisoblandi. Shunday qilib, yil yakunida har bir nominatsiya bo‘yicha nomzodlar taqdim etildi va eng yaxshilar aniqlab olindi.

Tanlovning muhim mezoni shundan iboratki, eng yaxshi xodimlarni aniqlash korxonaning barcha jamoa a’zolari orasidan amalga oshiriladi va tanlov mezonlari hamma uchun bir xildir”.

2022-2023-yillardagi kasbiy va shaxsiy yutuqlari natijalariga ko‘ra “Eng yaxshi texnologik o‘rnatish operatori” nominatsiyasi bo‘yicha zavodning AVTEU 3-AVT 1-sexida faoliyat yurituvchi Dilshod Abdullayev Mukimovich g‘olib deb topildi. G‘olibning fikricha, mehnatga sodiqlikning zamirida o‘rganish va yanada yaxshi natijalarga erishishga yordam beradigan qobiliyatlarni rivojlantirish istagi yotadi. “Hatto oddiy ishtiyoq bilan ham odam misli ko‘rilmagan cho‘qqilarni zabt etishi mumkinligi haqiqat. Bu insonda yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun birinchi zarur xislatdir”, - deydi Dilshod Muqimovoch.

“Ishtirokchilar qaysi nominatsiyada qatnashmasin, tanlovning barcha nominatsiyalariga kiritilgan eng muhim mavzulardan biri mehnat xavfsizligi mavzusidir. Kasaba uyushmasi tashkiloti uchun bu ustuvor yo‘nalishdir”, - dedi FNQIZ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Saydaliyev Rashid Turdaliyevich.

Tanlov natijalariga ko‘ra 12 nafar eng yaxshi xodimlar aniqlanib, ularga tantanali ravishda faxriy yorliqlar topshirildi.

Shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha tanlov g‘oliblariga yuqori kasbiy mahorati uchun qo‘shimcha ustama to‘lab boriladi

- Uchinchi yildirki, biz natijalarni sarhisob qilib, ishchi-mutaxassisliklar bo‘yicha eng yaxshi xodimlarni ajratib ko‘rsatmoqdamiz. Bu yildan-yilga xodimlarimizni rag‘batlantiribgina qolmay, balki faollashtirayotgani bizni quvontiradi. Bu bir tomondan xodimlarning o‘zlari tomonidan yaxshiroq ishlash istagi bo‘lsa, ikkinchi tomondan korxona rivojiga hissa qo‘shayotgan insonlarga rahbariyatning e’tiboridir”, – deydi zavod direktori Zafar Alimovich.

 

Nominatsiya

F.I.Sh.

Lavozimi

Sex

“Eng yaxshi texnologik uskunalar operatori”

Abdullayev Dilshod Muqimovich

AVTEU 3-AVT texnik sozlash operatori

1

"Eng yaxshi tovar operatori"

Abdullayeva Lutfiye Enverovna

Yuklash stansiyasi operatori

4

"Eng yaxshi texnologik nasos operatori"

Raxmonov Qudrat Rahmatullayevich

AVT-3 o‘rnatish operatori

1

"Eng yaxshi elektrchi"

Abdurasulov Alisher Karimovich

Elektromonter

7

"Eng yaxshi pribor operatori"

Ismoilov Akmaljon Kamolovich

Pribor operatori

9

“Eng yaxshi mexanik ta’mirchi”

Abdullayev Abdulxamid Gulyamovich

Ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tokar

6

"Eng yaxshi laborant"

Yakubova Dilnoza Soliyevna

Laborant

10

“Eng yaxshi transport xodimi”

G‘ofurov Abduhakim Xaliljonovich

Poyezd tuzuvchi

12

"Eng yaxshi liniya xodimi"

Normatov Ibodullo Abduvohidovich

Sex boshlig‘ining o‘rinbosari

1

"Eng yaxshi XCHTX/HGQO xodimi"

Oxunjonov Nodir Nabijonovich

2-toifali jangchi

15

"Eng yaxshi MBK xodimi"

Mavlyanova Gulnora Yusupovna

Metrolog muhandis

17

"Eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar"

O‘ktamov Alisher Muxtorovich

Tozalovchi

4

 

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш