Gullar shahri - Namanganga esda qolarli sayohat

Fargʼona NQIZ rahbariyati, Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi va Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan zavodning eng faol yoshlari va zavod miqyosid oʼtkazilgan futbol musobaqasida faxrli oʼrinni egallagan ishchilaridan tashkil topgan 50 kishilik guruhning Namangan shahriga sayohati uyushtirildi.

Guruh aʼzolari ertalabki nonushtadan soʼng maxsus avtobusda Namangan sari yoʼlga chiqdilar. Yuqori kayfiyatda gullar shahriga yetib kelgan hamkasblarimiz sayoxatlarini viloyat oʼlkani oʼrganish muzeyiga tashrif bilan boshladilar. Noyob eksponatlar, qadimgi topilmalar, viloyatnining oʼziga xos ramzlarini aks ettirgan koʼrgazmalar orqali zavod ishchilari Namangan tarixi va bugungi hayoti bilan yaqindan tanishishga muvaffaq boʼldilar. Soʼngra viloyat markazidagi koʼrkam, madaniyat va istirohat bogʼida madaniy hordiq chiqarildi.

Tushlikdan soʼng Namangan shahrining bezagi boʼlgan "Аfsonalar vodiysi" dam olish maskaniga sayohat qilindi. Bu yerda joylashgan muhtasham, milliy bunyodkorlik andozalari asosida qad rostlagan jome masjidi ziyorat qilindi. Shuningdek, guruh aʼzolari koʼngilochar attraktsionlarda miriqib oʼynashdi.

Zavod rahbariyati va jamoat tashkilotlarining eʼtiboridan sayohatchillar mamnun boʼldilar.

Mazmunli va maroqli sayohatdan soʼng korxonamizning yosh ishchilari xush kayfiyat bilan oilalari bagʼriga qaytdilar.

 

“Farg‘ona NQIZ” Matbuot xizmati


Нашр этиш