Modernizatsiya

Image

“Farg’ona NQIZ” MCHJni modernizatsiya qilish investision loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan

Loyiha nomi
“Farg’ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish”.

Loyihani amalga oshirish bo’yicha asos
Loyiha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28-dekabrdagi PQ-4937 sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirish muddati
2020-2023 yillar

Loyiha umumiy qiymati
389,3 mln. AQSh doll.

Loyiha maqsadi 2 mln. tonna uglevodorod xom ashyosini qayta ishlab yiliga:

- 560 ming tonna AI-92 YEVRO-5 benzinini;
- 64 ming tonna suyultirilgan uglevodorod gazi;
- 198 ming tonna Jет A-1 va ТС-1 avia yoqilg’isi;
- 538 ming tonna YEVRO-5 dizel yoqilg’isi;
- 175 ming tonnaAPI II+/III tasnifidagi baza va tayyor moy mahsulotlari;
- 290 ming tonna qurilish va yo’l bitumi;
- 25 ming tonna boshqa turdagi neft mahsulotlari;
- xom ashyoni qayta ishlash chuqurligini kamida 92% ga oshirish;
- energiya resurslari sarfini kamaytirish maqsadida suv va bug’ ta’minoti tizimini optimallashtirish;
- yuqori sifatli neft mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarishni ta’minlash uchun mavjud qurilmalarni rekonstruktsiya qilish;
- yangi va mavjud gidrokatalitik jarayonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun konsentratsiyasi 99,9% bo’lgan toza vodorod ishlab chiqarish;
-ishlab chiqarish va atrof-muhitning ekologik holatini yahshilash;
-xom-ashyo ishlab chiqarilgan mahsulotlar va energiya resurslarini nazorat qilish va hisobga olish tizimini avtomatlashtirish. 

2021 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar

2020 yil 2-yarmida boshlangan, “Ахеns” (Fransiya) kompaniyasi tomonidan dastlabki ishlarni bajarish hamda Gidrokreking va Izomerizatsiya qurilmalarini litsenziyalash va loyihalash bo’yicha (PDP), “Amec Foster Wheeler - WOOD” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi tomonidan litsenziyalanmaydigan qurilmalarni loyihalash va FEED bazaviy loyihasini ishlab chiqish ishlari yakunlandi. Bundan tashqari “Argus Media” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi tomonidan olib borilgan asos va Tovar moylari bo’yicha marketing taqdiqotlarini o’tkazish ishlari yakuniga ko’ra hisobot taqdim etildi. Bundan tashqari, KMPG halqaro auditorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda zavoddagi mavjud texnologik qurilmalarining holati yuzasidan texnik auditi o’tkazildi, natijalariga ko’ra hisobot taqdim etildi;

“UzLiTi Engineering” MCHJ HK bilan hamkorlikda loyihaning Texnik Iqtisodiy Asosi (TIA) ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan o’tkazish markazi” DUKda ekspertizadan o’tkazildi natijalariga ko’ra ijobiy xulosa olindi. Xozirda TIA manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, TIAni tasdiqlash bo’yicha hukumat qarori loyihasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

Ishchi loyihasini ishlab chiqish, uskunalar va materiallarni yetkazib berish hamda dastlabki qurilish ishlarini bajarish bo’yicha ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lga qo’yilgan, jumladan:

- bosh pudratchining ishchi-hodimlarini va uskunalarini safarbar etish, vaqtinchalik bino va inshoatlar ko’rish;
- yangi Izomerizatsiya qurilmasi uchun tanlangan qurilish maydonida uskunlarni demontaj qilish;
- qurilish maydonlarida muhandislik tadqiqotlarini o’tkazish uchun jalb etilgan “UZROSNEFTEGAZGEO” tomonidan topografik tadqiqotlarini amalga oshirish;
- “Omsknefteximproyekt” MCHJ (Rossiya Federatsiyasi) va “UzLiTi Engineering” MCHJ bilan tuzilgan shartnomalar asosida yangi 5 ta texnologik jarayonlarni qurish va mavjud 6 ta texnologik obyektlarni rekonstruktsiya qilish ishchi loyihalarini ishlab chiqish, 36 ta yangi rezervuarlarni hamda quyish-to’kish, qayta ishlash va saqlah jarayonlarini avtomatlashtirish, yangi markazlashgan boshqaruv tizimini hamda zamonaviy laboratoriya binolarini ko’rish bo’yicha loyiha hujjatlari ishlab chiqilmoqda- progress jami 17% oshdi;
- 36 ta rezervuarlarni ishlab chiqish va yetkazib berish bo’yicha AO KONAR bilan shartnoma imzolandi;
- ishlab chiqarilishi uzoq muddat talab qiluvchi jami 20 dona hamda 96 turdagi boshqa texnologik jihozlarni ishlab chiqarish uchun yetkazib beruvchi kompaniyalarni tenderlar asosida tanlash;
- loyihalanayotgan gidrokreking hamda vodorod ishlab chiqarish qurilmalari uchun reactor, pech va adsorber kabi jihozlarni yetkazib berish boyicha Xitoy, AQSh va Italiyaning taniqli kompaniyalari o’zaro tuzilgan shartnomalar asosida jalb qilindi;
- Italiya davlatining MACCHI ASSEMBLING YARD MARGHERA kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida 4 dona yuqori va o’rta bosimli bug’ qozonlarini ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan;
- quyish-to’kish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun zarur jihozlarni yetkazib berish bo’yicha o’tkazilgan tender asosida pudratchi tanlandi;
- tabiy gaz yetkazib berish uchun mo’ljallangan umumiy masofasi 12 km dan iborat yangi tashqi qo’vurini qurish uchun yer maydonlarini ajratish va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun pudratchi tashkilotni jalb etish.
Investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb qilish maqsadida, xalqaro tijorat banklari, ya’ni RFning “Gazprombank” AJ, Sberbank hamda Ekzimbank bilan muzokalaral olib borilmoqda, ushbu yuzasidan banklar tomonida so’ralgan hujjatlat o’rganib chiqish uchun taqdim etilgan.
Fransiyaning “Aksens” kompaniyasidan sotib olingan yangi zamonaviy katalizator, dizel yoqilg’isini gidrotozalash (GDS) qurilmasiga yuklanib, Yevro 4 rusumidagi dizel yoqilg’isini seriyali ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi;
API standarti asosida I-guruhga mansub yangi turdagi moy mahsulotlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yo’l haritasi asosida, “Bett Chemical” va Xinxiang Richfull” (Xitoy) kompaniyalaridan sotib olingan qo’shimchalardan (prisadka) foydalanib, bugungi kunda jami besh xil turdagi motor, gidravlika va transmission moylari na’munalari ishlab chiqildi va iste’molchilar tomonidan sanoat sharoitida sinovlardan o’tkazilmoqda, natijalariga ko’ra ikki xil turdagi yangi moylar uchun ijobiy xulosalar olinib, hozirda muvofiqlik sertifikatlari olish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Gazpromneft- surkov moylari” AJ bilan hamkorlikda zavodda yuqori sifatli, taniqli brendlar ostida qadoqlangan motor va sanoat moylarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha kelishuvlar amalga oshirildi, ikki tomon vakkilari FNQIZ va OMSK NQIZning ishlab chiqarish obyektlari bilan bevosita tanishdilar. Hozirda Qo’shma korxona tashkil etish jarayoni amalga oshirilmoqda.

Shu qadar jami 15,4 mln. AQSh dollaridan ziyod pul mablag’lari o’zlashtirildi.

Image
2021 yil 2-yarim yillikda bajarilishi ko’zda tutilayotgan chora-tadbirlar
1. “Loyihaning TIAni hukumat qarori asosida tasdiqlash;

2. Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalarni, xalqaro va mahalliy moliyaviy institutlarning kreditlarini jalb qilish ishlarini davom ettirish;
 
3. Zavodning mavjud ishlab chiqarish loyihaviy quvvatini qayta tasdiqlash va foydalanilmaydigan aktivlarni hisobdan chiqarish bo’yicha ishlab chiqilgan hukumat qarorini vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlat Mahkamasida tasdiqlash;

4. Qurilish maydonlarini tayyorlash va umumiy qurilish-montaj ishlarini boshlash;

5. Ishlab chiqarilishi uzoq muddat talab qiluvchi jihozlarni ishlab chiqarish uchun buyurtma berish ishlarini davom ettirish;

6. Yuqori sifatli I-guruh moylarini seriyali ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadida zarur miqdorida zamonaviy prisadka va qo’shimchalar sotib olish;

7. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini jaddalashtirish;

8. Jihozlarni yetkazib berish uchun Logistika tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

9. Vaqtinchalik bino va inshoatlar qurilishi yakunlash;

10. Yangi bug’ qozonxonasi va rezervuarlarni qurish uchun materiallar va bosqichma bosqich jihozlarni qurilish maydoniga yetkazib berish.

Jami, yil boshidan boshlab 42 mln. AQSh dollarigacha bo’lgan pul mablag’larini o’zlashtirish.