«Aspen Unified PIMS» yechimi asosida "Optimallashtirilgan rejalashtirish modelini loyihalash, ishlab chiqish va ishga tushirish" loyihasini amalga oshirish haqida.

Joriy yilning 26 oktabr sanasida "Optimallashtirilgan rejalashtirish modelini loyihalash, ishlab chiqish va ishga tushirish" loyihasi doirasida "Jizzah Petroleum" QК, "AspenTech" kompaniyasi va "Fargʼona NQIZ" MChJ vakillari ishtirokida dastlabki onlayn muloqot ("Kick off meeting") tashkil etildi.

Tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar muhokama qilindi: tomonlarning tanishtiruv qismi; uchrashuvning maqsadi; aloqa; loyihaning koʼlami va yakuniy natijalarini koʼrib chiqish; rollarni taqsimlashning umumiy koʼrinishi; loyihani amalga oshirish jadvalini koʼrib chiqish. Muloqot davomida, loyihani amalga oshirish jadvali, ish hajmini batafsil aniqlash, oʼquv kursi va foydalanuvchilarni sertifikatlash, loyihaning funksional tasnifini ishlab chiqish, tasdiqlash va boshqa masalalarga alohida eʼtibor berildi.

Аvval xabar qilinganidek, FNQIZda "Aspen Unified PIMS"- optimallashtirilgan rejalashtirish modelini amalga oshirish uchun shartnoma asosida Aspen Technology (АQSh) kompaniyasi jalb qilingan edi.

Aspen PIMS (Process Industry Modeling System) - bu maʼlum tashqi (bozor sharoitlari, mahsulot tasniflari) va ichki (mavjud texnologik ish rejimlari) sharoitda korxona foydasini maksimal darajada oshirish vositasi. Bundan tashqari, Aspen PIMS alternativ xom ashyo turlarini qayta ishlash samaradorligini baholash, texnologik qurilmalarning ish rejimlarini aniqlash, tovar mahsulotlarini optimal aralashtirishni hisoblash, yangi texnologik qurilmalar qurish va mavjud qurilmalarni modernizatsiya qilishning texnik-iqtisodiy samaradorligi tahlil qilish imkonini beradi.

 

 FNQIZ matbuot xizmati

 

 


Нашр этиш